Tushda ko'r ko'rsa nima bo'ladi

KO‘R (NOBIYNO) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida ko‘r bo‘lib qolganini ko‘rsa, din va islom yo‘lida gumroh bo‘lishiga dalildir. Tushida bitta ko‘zi ko‘r bo‘lganini ko‘rsa, yarim dinining ketishi yoki katta gunoh qilishi yoxud a’zolaridan biriga musibat yetishiga dalildir. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida ko‘rning qo‘lidan tutganini ko‘rsa, gumroh bo‘lishiga dalildir. Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida ko‘r bo‘lganini ko‘rsa yaxshi ishlari qo‘ldan ketishiga dalildir. Agar birovning bir ko‘zining ko‘r qilganini ko‘rsa, o‘sha kishini din yo‘lidan chiqarishiga dalildir. Agar hayvonning ko‘zini ko‘r qilganini ko‘rsa, bu o‘sha hayvonning egasiga taalluqli bo‘lib, o‘sha odamga birorta zarar yetkazishiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda ko‘r bo‘lish yetti narsaga dalildir: kambag‘allikka; holi yomon bo‘lishiga; g‘amu anduhga; badan nuqsoniga; musibatga; boylik nuqsoniga; dinning buzilishiga. Agar ko‘r kishi tushida ko‘radigan bo‘lib qolganini ko‘rsa, dunyo ishlari yaxshilanishini bildiradi va umidsizlangan narsaga umid paydo bo‘lishiga va Haq ta’olo rahmatidan nasiba topishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda ko'z ko'rsa nima bo'ladi

KO‘Z (ChASHM) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi ko‘z uzoqni ko‘ruvchi kishi bo‘lib, u orqali hidoyat yo‘lini topadi. Ko‘k ko‘z bid’atdir, shahlo, ko‘z farzand bo‘ladi. Agar tushida ko‘r bo‘lib qolganini ko‘rsa, to‘g‘ri yo‘lni yo‘qotishiga yoki...

Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladi

BOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...

Tushda ko'z ko'rsa nima bo'ladi

KO‘Z (ChASHM) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi ko‘z uzoqni ko‘ruvchi kishi bo‘lib, u orqali hidoyat yo‘lini topadi. Ko‘k ko‘z bid’atdir, shahlo, ko‘z farzand bo‘ladi. Agar tushida ko‘r bo‘lib qolganini ko‘rsa, to‘g‘ri yo‘lni yo‘qotishiga yoki...

Tushda ko'r ko'rsa nima bo'ladi

KO‘R (NOBIYNO) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida ko‘r bo‘lib qolganini ko‘rsa, din va islom yo‘lida gumroh bo‘lishiga dalildir. Tushida bitta ko‘zi ko‘r bo‘lganini ko‘rsa, yarim dinining ketishi yoki katta gunoh qilishi yoxud...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...



Fikr qo'shish

Наверх