KO‘Z (ChASHM) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi ko‘z uzoqni ko‘ruvchi kishi bo‘lib, u orqali hidoyat yo‘lini topadi. Ko‘k ko‘z bid’atdir, shahlo, ko‘z farzand bo‘ladi. Agar tushida ko‘r bo‘lib qolganini ko‘rsa, to‘g‘ri yo‘lni yo‘qotishiga yoki farzandining o‘lishiga dalildir. Agar bitta ko‘zining ko‘r bo‘lib qolganini ko‘rsa, yarim dinining ketishi, bir qo‘li, bir oyog‘i yoki tanining bir qismi bilan ulug‘ gunoh qilishiga yoki unga biror musibat yetishiga dalil bo‘ladi. Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar ko‘zga surma tortganini ko‘rsa, dinini pok tutishga intilishiga dalildir. Agar surma tortishdan maqsadi ziynat va yasanish bo‘lsa, aziz bo‘lish uchun odamlarning ko‘ziga o‘zini omonatkor va dindor qilib ko‘rsatishiga dalildir. Agar kimdir unga ko‘ziga tortish uchun surma berganini ko‘rsa, surma mikdoriga muvofiq mol topishini bildiradi.
Agar ko‘z nuri zaif bo‘lib qolganini ko‘rsa, zohir va botinda (tashqi va ichki tomondan) ikkiyuzlamachi va munofiq bo‘lishga dalildir. Agar tanasida ko‘p ko‘zlar borligini va hamma narsani mukammal ko‘ra olayotganini tush ko‘rsa, dinning farzlarini va sunttalari bajo keltirishga dalildir. Agar kimdir uning ko‘zlarini o‘yib olgan bo‘lsa, ko‘ziga ravshanlik berib turuvchi narsalar, masalan, ayol farzand, saroy, bog‘ uning nazaridan g‘oyib bo‘lishiga dalildir, chunonchi, uni boshqa ko‘rolmaydi. Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, ko‘zi po‘latdan ekanini ko‘rsa, sirlari ochilishiga dalildir. Ikki ko‘zining shishib ketganini va ularni ocholmayotganini ko‘rsa, yoqimsiz kishi bilan suhbat qurishini bildiradi.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda ko'z ko'rsa nima bo'ladiKO‘Z (ChASHM) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi ko‘z uzoqni ko‘ruvchi kishi bo‘lib, u orqali hidoyat yo‘lini topadi. Ko‘k ko‘z bid’atdir, shahlo, ko‘z farzand bo‘ladi. Agar tushida ko‘r bo‘lib qolganini ko‘rsa, to‘g‘ri yo‘lni yo‘qotishiga yoki...
Tushda oyoq ko'rsa nima bo'ladiOYOQ (POY) Doniyol (a.s.) aytadilar: Kimki bir oyog‘ini kesilganini yoki singanini ko‘rsa, yarim moli ketishiga dalildir. Agar har ikki oyog‘ining kesilganini yoki singanini ko‘rsa, barcha moli ketishiga yoki o‘zining o‘lishiga dalil bo‘ladi....
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladiOLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...
Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladiSOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...
Tushda surma ko'rsa nima bo'ladiSURMA (SURMA) Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi surma moldir. Agar ko‘ziga surma tortayotganini va bundan maqsad ko‘z nurini oshirish bo‘lsa, dinini yaxshilashga intilishiga dalildir....