SHahidlar yodi

SHahidlar yodi

Ular... minglab, balki milyon edilar,
Yashashga tug'ilgan inson edilar,
Shirin jon edilar, iymon edilar,
Hali ushalmagan armon edilar.
Nogoh, changal urib dahshatli balo,
Ularni shu kunga etdi mubtalo,
Sirti xo'p yaltiroq, asli ajdaho,
Sochdi g'azabini-yovuz va yuho
Ayblarin bilmasdan hayron edilar.
Ayblari emish xalqiga dushman,
Ularga yot emish shu yurt, shu gulshan,
Qalb-u fikrlari emish chirk, tuban-
Vatanni to'ntarib tashlashga tuban-
Ahd etgan, go'yokim nodon edilar.
Dillarni titratur jaxoniy olam,
Ruhlar chirqirashin tinglaymiz har dam,
Bu dardni yozganda toqatsiz qalam-
Shaharim, qishlog'im, chamanim, dalam-
Ular Qodiriy va Cho'lpon edilar.
Vale, bu dunyoda oliy hakam bor,
O'shal qudrat erur mangu ustuvor,
Shahidlar bong urib har shomu shahar,
Bizni ogoh etar, bo'ling deb xushyor,
Ular xalqimizga qalqon edilar,
Abadiy barhayot vijdon edilar.



O'hshash ma'lumotlar

Homiladorlik paytida qon ketishi

Homiladorlik paytida qon ketish siz taxmin qilganingizdan ko’ra tez-tez uchraydi. Uchinchi ayoldan biri homiladorlikning birinchi trimestrida qandaydir qon ketishini boshdan kechiradi. Bu bir nechta jigarrang dog’lardan yorqin qizil qon...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda shal (shol), falaj ko'rsa nima bo'ladi

SHAL bo‘lish, FALAJ (SHAL SHUDAN) Tushida a’zolaridan birining shal bo‘lib qolganini va qimirlata olmayotganini ko‘rsa, tavba qilishiga va odamlardan yuz o‘girishiga dalildir. Agar odamlar boshqalarning shal bo‘lib qolganini ko‘rsa, ta’biri aksincha...

Tushda qalam, ruchka ko'rsa nima bo'ladi

QALAM (QALAM) Ta’birchilar qalam ta’biri haqida har xil fikrdalar. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, qalam Haq amri bo‘lib, Haq ta’oloning Qalam va Lavhi mahfuzga ehtiyoji yo‘q....



Fikr qo'shish

Наверх