Yurtim, ado bo'lmas

Yurtim, ado bo'lmas

Yurtim, ado bo'lmas armonlaring bor,
Toshlarni yig'latgan dostonlaring bor.
O'tmishingni o'ylab yig'laydi jonim,
Ko'ksing to'la shahid o'g'lonlaring bor.

Bag'rim o'rtar bir uy bahor ayyomlar,
Oy borgan yoqlarga termulib shomlar.
Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar,
Fayzulladek mardi-maydonlaring bor...

Yurtim, ko'nglimdek keng osmonlaring k
Yulduzni yig'latgan dostonlaring bor.
Osmonlaringdan ham diydoringa zor,
Jayrondek termulgan Cho'lponlaring bo

Qo'ling qadog'iga bosay yuzimni,
Onamsan-ku, og'ir olma so'zimni,
Qayinbarglar yopib qaro ko'zini,
Olislarda qolgan Usmonlaring bor...

Alhazar, alhazar, ming bor alhazar,
Ana, yurishibdi kiyganlari zar,
Qodiriyni sotib shoir bo'lganlar-
Mehrobingdan chaqqan chayonlaring bor.

Qurboning bo'layin, ey onajonim,
Sening faryodlaring, mening fig'onim.
O'tmishingni o'ylab o'rtanar jonim.
Aytsam ado bo'lmas dostonlaring bor...



O'hshash ma'lumotlar

Agar siz yerning markazidan tunnel qazsangiz nima bo'ladi?

Har kim o'ylab ko'rgan va agar men Yerning markazidan tunnel qazsam nima bo'ladi, men qayerga boraman? Psixiatriya shifoxonasida javob kulgili, ammo to'g'ri emas. Siz hozir qayerga borishingizni aniq hisoblashingiz mumkin, bu qiyin emas ... Yerdagi...

Tushda son ko'rsa nima bo'ladi

SON (ADAD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida diram, dinor yoki libos yoxud boshqa narsalardan bitta berganini ko‘rsa, yaxshilik ko‘rishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar...

Tushda cho'loq yoki oqsoq ko'rsa nima bo'ladi

CHO‘LOQ YOKI OQSOQ BO‘LISH (LANG SHUDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida cho‘loq bo‘lib qolganini ko‘rsa, yaxshi yoki yomon ishlarning payida bo‘lishi, sust va zaif bo‘lib, qudratga ega bo‘lmasligiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning...

Tushda cho'chqa ko'rsa nima bo'ladi

CHO‘CHQA (XUK) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi cho‘chqa quvvatli boy kishidir, biroq pasthimmat va yaxshiligi yo‘q bo‘ladi. Tushida cho‘chqalarni bir yerga to‘plaganini va tarqalib ketishidan qo‘rqib, ularni bo‘shatmayotganini ko‘rsa, ko‘p...

Tushda yakka shaharlarda ko'rish, o'zini boshqa shaharlarda ko'rish ko'rsa nima bo'ladi

YAKKA SHAHARLARNI KO‘RISH (SHAHRHOYI MUFRAD DIDAN) Agar o‘zini Madina shaharida ko‘rsa, savdogarlardan manfaat topishiga, Vosiy shaharida ko‘rsa, dindor va taqvodor bo‘lishiga, o‘zini Basra shaharida ko‘rsa, dunyodan bahramand bo‘lishiga dalildir....



Fikr qo'shish

Наверх