Tushda cho'chqa ko'rsa nima bo'ladi

CHO‘CHQA (XUK) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi cho‘chqa quvvatli boy kishidir, biroq pasthimmat va yaxshiligi yo‘q bo‘ladi. Tushida cho‘chqalarni bir yerga to‘plaganini va tarqalib ketishidan qo‘rqib, ularni bo‘shatmayotganini ko‘rsa, ko‘p mol yig‘ishiga dalildir.

Kirmoniy (r.a.) aytadiki, cho‘chqa saqlash dunyo uchun yaxshi, din uchun yomondir, chunki tushdagi cho‘chqa g‘amu anduh bo‘ladi. Tushida cho‘chqa go‘nggidan yeyayotganini ko‘rsa, sudxo‘rlik molidan yeyishini bildiradi. Tushda cho‘chqalarni bir joydan ikkinchi joyga olib ketayotganini ko‘rsa, dunyoviy ahvoli yaxshi bo‘lishi va oxiratdagi ahvoli yomon bo‘lishiga dalildir. Tushida cho‘chqalar orasida kezib yurganini ko‘rsa, haromdan topgan moliga xursandligiga dalildir.


Aytishlaricha, tushda cho‘chqa sutini ichish g‘amu anduh hamda musibatni bildiradi. Tushida cho‘chqalar orasida o‘tirganini ko‘rsa, dushmani g‘olib kelishini bildiradi. Tushida cho‘chqa terisini topganini yoki kimdir unga berganini ko‘rsa, harom mol topishiga dalildir. Agar cho‘chqalarga cho‘pon bo‘lib qolganini ko‘rsa, bir guruh dini buzuq, badfe’llarga rahbar bo‘lishiga dalildir.

Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, dalada cho‘chqa bilan olishayotganini ko‘rsa, bir pastkash va sitamgar odam bilan xusumatlashishiga dalildir. Tushida cho‘chqa yangi va suyagi yoki terisiga ega ekanini ko‘rsa, ega bo‘lgan narsasining mikdoriga muvofiq harom mol topishini bildiradi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda sakramoq ko'rsa nima bo'ladi

SAKRAMOQ (JASTAN) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida bir joydan sakraganini ko‘rsa, bir holdan ikkinchi holga o‘tishiga dalildir. Agar uzoqqa sakraganini ko‘rsa, uzoq safarga chiqishini bildiradi. Agar qo‘lida yog‘och yoki nayza...

Tushda sigir va buqa ko'rsa nima bo'ladi

SIGIR VA BUQA (GOV) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushida molning ustida o‘tirganini va mol o‘ziniki ekanini ko‘rsa podshohdan amalga ega bo‘lishi va xususan, mol qora bo‘lsa, undan ko‘p foyda ko‘rishiga dalildir. Agar sariq buqani ko‘rsa, bemorlikka...

Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladi

SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...

Tushda eshak ko'rsa nima bo'ladi

ESHAK (XAR) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushda eshakni ko‘rmoq baxt va ulug‘lik bo‘ladi. Eshakdagi yaxshilik va yomonlik tush ko‘ruvchiga qaytuvchidir. Agar tushida eshak o‘z mulki bo‘lganini yoki uyga kirib kelganini, eshakni ushlab, bog‘lab...



Fikr qo'shish

Наверх