Chalinmay qo'yaqol so'nggi qo'ng'iroq

Chalinmay qo'yaqol so'nggi qo'ng'iroq

Bu oqshom osmonda yulduz yig'laydi,
Ko'k aro to'lin oy unsiz yig'laydi,
Majnuntol yonida maktab bog'ida,
Yurakda dard bilan bir qiz yig'laydi,
Bunchalar yuraklarga solasan titroq,
Chalinmay qo'yaqol «So'nggi qo'ng'iroq».
Ayriliq onlari bunchalar azob,
Chalinmay qo'yaqol «So'nggi qo'ng'iroq»
Aytilmay qoldiku aytilmas gaplar,
Goh oshkor goh pinhon bitilgan xatlar,
Bir bora yurakdan chiqmagan suhbat,
Ranglar sarg'ayib ko'nglimni ezar,
Qizlar qo'lidagi estalik daftar,
Nahot armonga aylansa endi,
Sinfdosh qiz bilan tushgan suratlar,
Bunchalar yuraklarga solasan titroq,
Chalinmay qo'yaqol «So'nggi qo'ng'iroq».
Ayrilgim kelmaydi munis maktabdan,
Ko'nglimga abadiy yoqding sen chiroq,
Yashirgim kelmaydi men ham yoshlarim,
Chalinmay turaqol «So'naqi qo'ng'iroq».
Ayrilgim kelmaydi munis maktabdan,
Ko'nglimga abadiy yoqding sen chiroq,
Yashirgim kelmaydi men ham yoshlarim,
Chalinmay turaqol «So'nggi qo'ng'iroq»,
Nelar kutmoqda bizlarni hali,
Qayg'uli muhabbat, xijronli firoq,
Nahot tark etmoqda sho'xlik davrimiz,
Chalinmay turaqol «So'nggi qo'ng'iroq».



O'hshash ma'lumotlar

Seni sog'inaman sinfdosh

Biz sinfdosh bo'ldik, Sinfdoshmas dildosh bo'ldik, Nahot bugun endi begona bo'ldik, Seni sog'inaman aziz sinfdosh....

Chalinmoqda so'nngi qo'ng'iroq

Maktab dargohini tark etib ketish, Men uchun azobdir bu axir azob. Yuragimni ezar og'ir bir qiynoq, Chunki chalinmoqda soʻngi qoʻngʻiroq....

Homiladorlik paytida qon ketishi

Homiladorlik paytida qon ketish siz taxmin qilganingizdan ko’ra tez-tez uchraydi. Uchinchi ayoldan biri homiladorlikning birinchi trimestrida qandaydir qon ketishini boshdan kechiradi. Bu bir nechta jigarrang dog’lardan yorqin qizil qon...

Tushda bog' ko'rsa nima bo'ladi

BOG‘ KO‘RISH (BOG‘ DIDAN) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi bog‘ xotin bo‘ladi. Boqqa suv berayotganini ko‘rsa, xotini bilan yaqinlik qiladi. Boqqa suv berayotganini, biroq nam bo‘lmayotganini ko‘rsa, xotini uning yaqinlik qilishini...

Tushda osmon ko'rsa nima bo'ladi

OSMON Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, kimki o‘zini birinchi osmonda ko‘rsa, ajali yaqinlashib qolganiga dalil bo‘ladi. O‘zini ikkinchi osmonda ko‘rsa, ilmu donish hosil bo‘lishiga dalildir. Agar uchinchi osmonda ko‘rsa, bu dunyoning izzat va...



Fikr qo'shish

Наверх