Davlat madhyisi yangragan mahal

Davlat madhyisi yangragan mahal

Davlat madhiyasi yangragan mahal,
Yurtdoshim, daryoday oyoqqa qalqi
Chunki, osonlikcha erishgan emas,
Bu baxtga jafokash, mard o'zbek xalqi

Davlat madhiyasi yangragan mahal,
Esla, ajdodlaring shavkat-u shonin.
Tarannum etgaydir, bu buyuk g'azal,
Asl insoniylikning oliy nishonin

Davlat madhiyasi yangragan mahal,
Tosh qotgin, ko'ksingni tog'dayin kerib
Zero, bu baxt uchun kurashgan azal,
Ne-ne mard o'g'lonlar jonini berib.

Davlat madhiyasin yangratib ko'p bor,
Hayratga to'ldir bu keng dunyolarni
Ruhlarin shod etgin, yod etib takror,
Mutal Burxonni-yu, Abdullolarni.

Davlat madhiyasi yangragan mahal,
O'ng qo'ling qalbingni ustida tursin.
Tinchlik qo'rg'oniga qalqon askarday,
“Yuraging doim o'z rostida tursin.

Davlat madhiyasi yangragan mahal



O'hshash ma'lumotlar

Аyollar uchun eng kerakli 20 maslahat

Dunyoda xunuk ayolning oʼzi yoʼq, faqat goʼzal boʼlishni bilmaydiganlar bor, degan ekan bir faylasuv. Goʼzallik deganda koʼpchilik chiroyli pardoz va kiyimgʼkechakni koʼz oldiga keltiradi. Bu biroz notoʼgʼri tushuncha, chunki goʼzal boʼlish uchun...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...

Agar siz yerning markazidan tunnel qazsangiz nima bo'ladi?

Har kim o'ylab ko'rgan va agar men Yerning markazidan tunnel qazsam nima bo'ladi, men qayerga boraman? Psixiatriya shifoxonasida javob kulgili, ammo to'g'ri emas. Siz hozir qayerga borishingizni aniq hisoblashingiz mumkin, bu qiyin emas ... Yerdagi...

Tushda tosh ko'rsa nima bo'ladi

TOSh (SANG) Kirmoniyning aytishicha, tushdagi tosh ikki narsani bildiradi: molnii va boshliqni. Tosh qanchalik muloyim va yumshoq bo‘lsa, foydasi shunchali ko‘proq bo‘ladi. U qanchalik qattiq bo‘lsa, buning aksi bo‘ladi. Agar oq toshni qo‘lga...

Tushda tog' ko'rsa nima bo'ladi

TOG‘ (KO‘H) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida o‘zini baland tog‘ ustida ekanini va bu tog‘ o‘zining mulki ekanini ko‘rsa, bir ulug‘ kishi uni o‘z himoyasiga olishiga dalildir. Tushida tog‘ni o‘z joyidan qo‘porib yuborganini ko‘rsa, birulug‘...



Fikr qo'shish

Наверх