Baxt sari yetkaz, yangi yil

Baxt sari yetkaz, yangi yil

Vatandosh, hayot hidi hulvoga to'lsin,
E'zozli, ehsonli va erkli bo'lsin.
Panohida yuring Parvardigorning,
Ishqiga chulg'aning vafoli yorning.

Niyat tongday toza, qalbingiz oppoq,
Yuzingiz to'lin oy misoli porloq.
Yengilish neligin bilmang hech qachon,
Ruhu jon mustahkam, qaddingiz ravon.

Kulgu, tantanaga serob yil yaqin,
Orzular ushalur, dilga dil yaqin.
Lahzalar tenglashib yuz asrlarga
Iliqlik uzatur pok nasllarga.

Gul tutay, g'amlarni ketkaz, yangi yill!
Zor etma, baxt sari yetkaz, yangi yill



O'hshash ma'lumotlar

Yangi yil bo'lsin muborak

Qalbingiz yashnasin Misoli yaproq Tuganmas Baxt shodlik hamisha hamrox Nurlarga bezalsin har bir o'tar chog' Sizga yangi kunda yangicha tilak, Qadrdonim yangi yil bo'lsin muborak....

Yangi yil kirib keldi

O'tib kunlar shodasi, Tinim bilmayin yeldi, Yangi kun ifodasi, Yangi yil kirib keldi!...

Yangi yil uchun archa bezash odati qanday paydo bo'lgan?

Yangi yil va Rojdestvoni uyda oqlangan daraxtsiz tasavvur qilish qiyin. Yangi yil bayramida uylarga archa qo‘yish, bezash odati qachon paydo bo‘lgan va bu an’ana qanday rivojlangan? Yangi yil uchun Rojdestvo daraxti bezash an'anasi qaerdan kelganini...

Tushda ariq suvi ko'rsa nima bo'ladi

ARIQ SUVI (JUYI OB) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ariq suvi bordi-yu xushta’m va toza bo‘lsa shirin hayot kechirishiga dalil bo‘ladi. Agar noma’lum bir ariqdan toza suv ichayotganini ko‘rsa, ichayotgan odam safarda yoki bir begona yerda...

Tushda gul ko'rsa nima bo'ladi

GUL (GUL) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda ko‘rilgan gul haqidagi hukm ikki xildir: birinchisi — daraxtda turgan gul; ikkinchisi — daraxtdan to‘kilgan gul. Baqosi yo‘q, uzoq turmaydigan gul tush ko‘ruvchi uchun g‘amu anduh bo‘ladi. Har kim...



Fikr qo'shish

Наверх