Kuchli xotira va sog‘lom miyaga ega bo‘lish uchun maslahat

Kuchli xotira va sog‘lom miyaga ega bo‘lish uchun maslahat

Inson miyasi qancha ko‘p ishlatilsa, shuncha ko‘p dam oladi. Demak, miyani ishlatgan holda ish qilish, hech bo‘lmaganda sog‘ligimiz uchun foydali ekan. Shu sababli, quyida xotirani yaxshilovchi va miya sog‘ligini asrovchi usullarni keltirib o‘tamiz.

Kitob bu davo — Shunday ilmiy fakt bor: sevimli mashg‘ulotlar va xobbining yo‘qligi insonda kasalliklar kelib chiqishi xavfini oshirar ekan. Kitob o‘qish esa, nafaqat zavq bag‘ishlaydi, balki tananing qayta tiklanishi va kuch yig‘ishiga imkon beradi.

Kitob o‘qish orqali siz bir qancha olamlarda parallel ravishda yashashingiz mumkin. Yaxshi tanlangan asar sizni o‘z olamiga olib kirib keta oladi. Hayotiy muammolar va stressdan chalg‘ishingizga yordam berib, sizga o‘zgacha quvvat bag‘ishlaydi. Kitob o‘qish, miyaning ishlashi talab etilmaydigan joylarini ham ishlashga undaydi.

Foydali zavq olish — O‘yin-kulgi va zavq miya uchun juda foydali hisoblanadi. Bu stressni yengillashtirishga va uning tanaga salbiy ta’sir o‘tkazishini kamaytirishga yordam beradi. Biror narsadan zavq olish yangi ko‘nikmalarni rivojlantirishni talab qiladigan neyronlarning paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi va bu miyani yoshartirish jarayonini boshlaydi.

Agar doimiy tarzda qiziqarli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib yursangiz, keksayganingizda ruhiy faoliyat zaiflashishidan aziyat chekishni o‘ylamasangiz ham bo‘laveradi. Agar butun kun davomida vaqtingizni faqat jiddiy ishlarga sarflayotgan bo‘lsangiz, miyangizni muhim va foydali tajribadan mahrum qilayotgan bo‘lasiz.

O‘tkir aql uchun oddiy mahsulotlar — O‘tkir zehn va kuchli xotira uchun kundalik ratsioningizga foydali mahsulotlarni qo‘shing. Tuxum hamda B va E vitaminlariga boy mahsulotlarni iste’mol qilishni boshlang. Yoz tugamaguniga qadar rezavor mevalarga to‘yib olish imkoniyatini ham qo‘ldan boy bermang.

Olimlarning tadqiqotlariga qaraganda, qari kalamushni yuqoridagi mahsulotlar bilan boqishni boshlashi bilanoq, u mashqlarni yosh kalamushlar bilan bir maromda, qiyinchiliklarsiz bajara boshlabdi. Ushbu mahsulotlar miyada qon aylanishi va miya faoliyatini yaxshilashi bir qancha tadqiqotlar asosida isbotlangan.

Ortiqcha vazn bu ortiqcha muammo — Ortiqcha vazn xotira bilan bog‘liq bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi hamda miyaning erta qarishiga olib keladi. Semirib ketish erkin radikallarning ko‘payishi va yallig‘lanishning paydo bo‘lishini rag‘batlantiradi, bu esa o‘z o‘rnida miya hujayralarining sonini kamayishiga sabab bo‘ladi.

Boshqacha qilib aytganda: agar biz ortiqcha vaznga ega bo‘lsak, unda biz uchun fikrlash, o‘qish va ishlash ancha qiyinlashadi.

Doimiy tarzda kitob o‘qish, sevimli mashg‘ulotlaringiz bilan shug‘ullanish va sog‘lom ovqatlanish miya faoliyatining yaxshilanishi va xotirangizning kuchli bo‘lishiga sabab bo‘lishini bilib oldingiz. Endi esa, yuqoridagi maslahatlarga amal qilishni boshlang!



O'hshash ma'lumotlar

Bolalarda tish chiqishi – tartibi, muddati va parvarishlash

Tugʻruqxonalarning oʻzidayoq yangi onalar dunyoga kelgan bolakaylari hayotining ilk oylarida qanday qilib parvarish qilish kerakligi haqida maʼlumotga ega boʻladilar: choʻmiltirish, oziqlantirish, bolakay bilan sayr qilish va boshqalar. Bu vaqtda...

Kontrasepsiya nima? Uning qanday turlari va usullari mavjud?

Kontraseptivlar – homiladorlikning oldini olish uchun qoʻllaniladigan vositalar. Kontrasepsiya vositalarini qoʻllashdan maqsad homiladorlikni rejalashtirish, ayol sogʻligʻini saqlab qolish, jinsiy hayotdan toʻla qoniqib yashashdir....

Shakar va sut haqiqatan ham sportdagi muvaffaqiyatingiz va sog'lig'ingizni o'ldiradimi?

Biz ushbu mahsulotlar bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni tushunamiz....

Kulgi terapiyasi: bu nima va u ishlaydi

Kulgi hissiy va jismoniy salomatlik uchun foydalidir. Ammo uning kasalliklarni davolay olishiga shubha bor....

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...



Fikr qo'shish

Наверх