Laylak qor

Laylak qor

Qor yog'ar elak-elak,
Yog'ar bo'lib charxpalak.
Qo'ngan zamon kaftimga,
Erib ketar taftimga.
Quvnoq qor,
Oppoq qor.
Qorni yig'ib olaylik,
Bir shaklga solaylik.
Bolalar, keling, qani,
Qorbobo yasa, G'ani.
Qara, burning uchini,
Bilgin sovuq kuchini.
Shalpang quloqlar tikka —
Qarab qolibdi ko'kka.
Qor yog'ar hamon-hamon,
Kulamiz xandon-xandon.
Qizib ketdi o'yin ham,
Shodlikni ko'rar baham.
Quvnoq qor,
Oppoq qor.



O'hshash ma'lumotlar

Muddatidan ilgari tugʻilgan bolalarning rivojlanishi

Aslida, muddatidan ilgari tugʻruqlar- bu bolaning 37 haftaga yetmasdan tugʻilishi. Odamlarda meʼyoriy gestatsion davr 38 haftadan 42 haftagacha boʻladi. Mukammal sharoitda bolalar ona qornida toʻliq rivojlanguncha boʻladi. Biroq, turli sabablarga...

Tushda laylak ko'rsa nima bo'ladi

LAYLAK (LAQLAQ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi laylak nasabi toza, ozod va oqibatni o‘ylab ish qiladigan kishidir. Tushida laylakni tutib olganini yoki birov berganini ko‘rsa, aytilgan sifatdagi kishi bilan suhbatdosh bo‘lishiga dalildir....

Tushda charxpalak ko'rsa nima bo'ladi

CHARXPALAK (DULOB) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi suv charxpalagi xazina, ne’matga to‘la uy va obodonlikdir. Tushida charxpalak yasayotganini ko‘rsa, o‘zi shu kasb ahlidan bo‘lsa, uning uyini xazinaga aylantiradilar yoki o‘z quvvati...

Tushda elak ko'rsa nima bo'ladi

ELAK (ORDBIZ) — Kirmoniyning aytishicha, elak o‘z do‘stlari va qarindoshlari orasida yuruvchi erkak kishiga dalildir. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi elak surbet ayol yoki xodimaga dalildir. Tushida katta va yangi elak olgan bo‘lsa yoki...

Tushda qoraqarg'a ko'rsa nima bo'ladi

QORAQARG‘A (ZOG‘) Ibn Sirinning aytadiki, tushdagi qarg‘a fosiq, dini buzuq hamda ishlarda yolg‘on gapiruvchi kishiga dalildir. Tushida qarg‘ani tutib olganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, yuqorida aytilgan sifatli kchshi bilan uchrashuvi va...



Fikr qo'shish

Наверх