Yangi yil kechasi

Yangi yil kechasi

Ko'ngil ma'yus tortdi yilning so'ngida,
Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor.
Bugun kuppa-kunduz ko'zim o'ngida,
Yana bir yoshimni o'g'irlading, qor.
Qirqinchi qasrimga o'taymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

Bahorim yetgudek qo'lim uzatsam,
Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.
Laylakqor, azizim, g'alat bayram bu —
Kulib kuzatsammi, yig'lab kuzatsam.
Dardim jim ichimga yutaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

So'rsang, sevinchimdan o'kinchim ko'proq,
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko'zda tabassum-u kiprikda titroq.
Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

Yangi yil,
Kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo'ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo'qlab kelganingni o'zi bir bayram.
Qulog'ingga bir gap aytaymi, endi,
Kechagi yoshligim ertakmi, endi.



O'hshash ma'lumotlar

Yangi yilim- yashi yilim

Xush kelibsan Yangi yilim. Yildan-yilga Yaxshi yilim. Maktabimda O'z safimda Quvnab-quvnab Oldim bilim. Bayram to'ying Qo'shiq kuying, Ochar doim Bahri dilim Yangi yilim -Yaxshi yilim....

Yangi yil kechasi

Ko'ngil ma'yus tortdi yilning so'ngida, Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor. Bugun kuppa-kunduz ko'zim o'ngida, Yana bir yoshimni o'g'irlading, qor....

Homiladorlik paytida qon ketishi

Homiladorlik paytida qon ketish siz taxmin qilganingizdan ko’ra tez-tez uchraydi. Uchinchi ayoldan biri homiladorlikning birinchi trimestrida qandaydir qon ketishini boshdan kechiradi. Bu bir nechta jigarrang dog’lardan yorqin qizil qon...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...

Yangi yil uchun archa bezash odati qanday paydo bo'lgan?

Yangi yil va Rojdestvoni uyda oqlangan daraxtsiz tasavvur qilish qiyin. Yangi yil bayramida uylarga archa qo‘yish, bezash odati qachon paydo bo‘lgan va bu an’ana qanday rivojlangan? Yangi yil uchun Rojdestvo daraxti bezash an'anasi qaerdan kelganini...



Fikr qo'shish

Наверх