Bayramga sovg'a ( Xazil sher )

Bayramga sovg'a ( Xazil sher )

Kecha dedim erimga,
Bayramga oz qoldiya,
Qanday sovg'a olasiz?
O'ylab o'yim toldiya.

Qimmatbaho ko'ylakmi,
Yoki tilla taqinchoq.
Olasizmi dadasi,
“Yoki marvarid munchoq.

Erim asabi tarang,
Ko'zi to'ldi g'azabga
Shuncha sovg'a oling deb,
Qo'ygandimda azobga.

Siz xotinlarning kami,
To'lmaydiya xotinjon.
Qimmat ko'ylak obersam,
Yo'q deysan unga marjon.

Dedim: mayli obermang,
Sizga faqat ish kerak.
Kamim bor deb nolisam,
Ko'zingiz olazarak.

Men ham axir ayolman,
Atir,upa shaydosi.
Siz kabi ko'nglim nozik,
Men shirin so'z gadosi.

Erim dedi jilmayib,
Sovg'ani kattasi bor.
Yig'lab erkalik qilib,
Bilvomoqchisan ayyor!

Xursand bo'lib kettimku
Erim yodida bayram.
E'tibor kutamanda,
Ayolman axir men ham.

Bir yilda bir bor kelar,
Ayollarning bayrami.
Shu sababdan oldinroq,
So'ragandim sovg'amni

Biz ayollar sovg'aning,
Kattasiga loyiqmiz.
Uyim bola chaqa deb,
Yashaymizda hammamiz.

Erkaklar xushyor bo'ling,
Bayram yaqin bilsangiz.
Eng yaxshi sovg'a oling,
Chin ko'ngildan sevsangiz.

Uyingizdagi ayol,
Farishtaga o'xshaydi.
Faqat bayram kunida,
Sizdan sovg'a so'raydi.

Baxtga to'ldirib bag'rin,
Dasta gul olib keling.
Ayolingiz qalbini,
Shodliklarga to'ldiring

Sakkizinchi mart yaqin,
Sovg'angizni tayyorlang
Xoy erkaklar shu bilan,
Sevgingizni isbotlang!



O'hshash ma'lumotlar

Homiladorlik paytida qon ketishi

Homiladorlik paytida qon ketish siz taxmin qilganingizdan ko’ra tez-tez uchraydi. Uchinchi ayoldan biri homiladorlikning birinchi trimestrida qandaydir qon ketishini boshdan kechiradi. Bu bir nechta jigarrang dog’lardan yorqin qizil qon...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...

Agar siz yerning markazidan tunnel qazsangiz nima bo'ladi?

Har kim o'ylab ko'rgan va agar men Yerning markazidan tunnel qazsam nima bo'ladi, men qayerga boraman? Psixiatriya shifoxonasida javob kulgili, ammo to'g'ri emas. Siz hozir qayerga borishingizni aniq hisoblashingiz mumkin, bu qiyin emas ... Yerdagi...

Yangi yil uchun archa bezash odati qanday paydo bo'lgan?

Yangi yil va Rojdestvoni uyda oqlangan daraxtsiz tasavvur qilish qiyin. Yangi yil bayramida uylarga archa qo‘yish, bezash odati qachon paydo bo‘lgan va bu an’ana qanday rivojlangan? Yangi yil uchun Rojdestvo daraxti bezash an'anasi qaerdan kelganini...

Tushda marvarid ko'rsa nima bo'ladi

MARVARID (MARVORID) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi marvarid g‘ulom yoki kanizakning farzandi bo‘ladi. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi marvarid chiroyli kanizak yoki go‘zal xotin bo‘ladi. Boshqalarning aytishicha, tushdagi yirik...



Fikr qo'shish

Наверх