Kulib keldi Navro'zim

Kulib keldi Navro'zim

Chakkasiga gul taqib,
Kirib keldi Navro'zim.
Daraxtlarga dur taqib,
Kulib keldi Navro'zim.

Dala dashtda maysalar,
Salom alik aytsalar.
Qanday go'zal ko'rinish,
Yashillikka cho'milish.
Doshqozonda sumalak,
Boychechaklar xush darak.
Qizg'aldoq cho'g'day gilam,
Sevinchdan ko'zlarda nam.

Bolalar yayrashadi,
Qo'shiqlar yangrashadi.
Momolarning dunyosi,
Ijobatdir duosi.

Bobolar halim solar,
Latifa aytib tolat,
Ichakuzdi hazillar,
Qiziydi sho'x bazmlar.

Elga rizq- ro'z ulashib,
Tandir nonin ushatib.
Yayrab keldi Navro'zim,
Yashnab keldi Navro'zim.



O'hshash ma'lumotlar

Yangi yil kirib keldi

O'tib kunlar shodasi, Tinim bilmayin yeldi, Yangi kun ifodasi, Yangi yil kirib keldi!...

Tushda gilam ko'rsa nima bo'ladi

GILAM (GILIM) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi gilam rais va rahbar bo‘ladi. Agar tush ko‘ruvchi rahbarlardan bo‘lsa, uning izzati va ulug‘ligi yanada ziyoda bo‘ladi. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, tushdagi gilam solih va sara odamdir,...

Tushda salom qilish ko'rsa nima bo'ladi

SALOM QILISH (SALOM KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar bir do‘sti unga salom qilganini ko‘rsa, o‘sha do‘st bundan xursandchilik ko‘rishiga dalildir. Agar dushmani unga salom qilganini ko‘rsa, o‘sha dushman uning do‘stiga aylanishiga...

Tushda tandir ko'rsa nima bo'ladi

TANDIR (TANUR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tandir tushda ulug‘lik va xonadorlikdir. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, xona sohibasi bo‘ladi. Qo‘lida tandir borligini ko‘rsa, bu tandurustlik, xonadorlik ishlarining joyida bo‘lishiga dalolat...

Tushda halim ko'rsa nima bo'ladi

HALIM (HARISA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida halim ovqatini yeganini ko‘rsa, uning miqdoricha xayru manfaat ko‘rishiga, hojatlari chiqishiga dalildir. Boshqa ta’birchilarning aytishicha, xotini farzand tug‘adi va bu farzand bilan...



Fikr qo'shish

Наверх