ZA’FARON (ZA’FARON) Ibn Sirinning aytishicha, biror kishi o‘zida za’faron borligini ko‘rsa, za’faronning miqdoriga muvofiq odamlar unga maqtov so‘zlarini aytishiga dalildir, xususan, za’faron yanchilmagan bo‘lsa. Agar za’faron yeyayotganini ko‘rsa, bemor bo‘lishiga dalildir. Za’faronning rangi libosida yoki badanida qolganini ko‘rsa, bu ham bemorlikka dalildir. Za’faron rangini badanidan yuvayotganini ko‘rsa, bemorlikdan shifo topishiga dalildir. Kirmoniyning aytishicha, yanchilmagan za’faron sotib olganini yoki kimdir unga berganini ko‘rsa, boyvachcha xotin olishiga dalildir. Za’faron rangli libos g‘am va anduhga dalildir. Agar za’faron yeyayotganini ko‘rsa, bu ham g‘am va anduhga dalildir. Agar qopda za’faroni borligini ko‘rsa, ne’mat hosil bo‘lishi va odamlardan madhu sano eshitishiga dalildir.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda libos ko'rsa nima bo'ladiLIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...
Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladiBOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...
Tushda za'faron ko'rsa nima bo'ladiZA’FARON (ZA’FARON) Ibn Sirinning aytishicha, biror kishi o‘zida za’faron borligini ko‘rsa, za’faronning miqdoriga muvofiq odamlar unga maqtov so‘zlarini aytishiga dalildir, xususan, za’faron yanchilmagan bo‘lsa. Agar za’faron yeyayotganini ko‘rsa,...
Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladiLIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladiOLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...