GILAM (GILIM) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi gilam rais va rahbar bo‘ladi. Agar tush ko‘ruvchi rahbarlardan bo‘lsa, uning izzati va ulug‘ligi yanada ziyoda bo‘ladi. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, tushdagi gilam solih va sara odamdir, u darvishlardan bo‘ladi, Tushida gilam to‘shalganini va bu gilam uning mulki ekanini ko‘rsa, umri uzun va rizqi keng bo‘lishiga dalildir. Agar tushida gilamga o‘tirganini ko‘rsa biroq bu joy kimniki ekanini bilmasa, ahvoli o‘zgarishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida gilam olgan bo‘lsa, badavlat ayolga uylanishini bildiradi. Agar bu tushni ayol kishi ko‘rsa, erga tegishi va eridan xayru manfaatlar ko‘rishiga dalildir. Agar tushida kichkina gilamga o‘tirganini ko‘rsa, chiroyli, porso, soz ayolga uylanishini bildiradi. Agar gilam yashil bo‘lsa, urushqoq dindor ayolga dalildir. Agar gilam qizil bo‘lsa, ishrat va shodlikni yaxshi ko‘radigan ayolga dalildir. Agar gilam sariq bo‘lsa, kasalmand ayolga dalildir. Agar gilam qora bo‘lsa, zohid va obid ayolga dalil bo‘ladi. Agar gilam har xil ranglarda bo‘lsa, aytilgan barcha narsa mavjud bo‘lgan ayolni bildiradi.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda libos ko'rsa nima bo'ladiLIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...
Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladiBOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...
Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladiLIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...
Tushda eshak ko'rsa nima bo'ladiESHAK (XAR) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushda eshakni ko‘rmoq baxt va ulug‘lik bo‘ladi. Eshakdagi yaxshilik va yomonlik tush ko‘ruvchiga qaytuvchidir. Agar tushida eshak o‘z mulki bo‘lganini yoki uyga kirib kelganini, eshakni ushlab, bog‘lab...
Tushda harbiy kiyim ko'rsa nima bo'ladiHARBIY KIYIM (KAZOGAND, QAZOGAND) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida harbiy kiyim kiyganini ko‘rsa, xotin olishi va dushmanini yengishiga dalildir. Agar bu tushni ayol kishi ko‘rsa, erga tegishi va eridan yaxshiliklar ko‘rishiga...