Alla aytib uxlataman

Alla aytib uxlataman

Alla aytib uxlataman,
Alla, qo'zim, alla.
Qanday seni yupataman,
Alla, bolam, alla.

Kichkinasan, lolasan,
Alla, bolam, alla.
Qachon katta bo'lasan?
Alla, bolam, alla.

Alla, alla, orastasan,
Alla, qo'zim, alla.
Gunohi yo'q norastasan,
Alla, bolam, alla.

Bog' ichida chaman gullar,
Alla, qo'zim, alla.
Sayraydi shaydo bulbullar,
Alla, qo'zim, alla.

Sendan kelar gul isi,
Alla, bolam, alla.
ota-onamning birisi,
Alla, qo'zim, alla.

O'ymali to'nlar bo'yingga,
Alla, qo'zim, alla.
Qo'ydan-qo'chqor to'yingga,
Alla, bolam, alla.

Senga allalar aytaman,
Alla, qo'zim, alla.
Soyalaringda yotaman,
Alla, bolam, alla.



O'hshash ma'lumotlar

Kelaqol Navro'zim...

Turfa gullar ochilib, ifor taratib, Mayin esgan shabbodang dilni yayratib, Erta tong qushlarni qiy chuv sayratib, Kelaqol navro'zim sog'indik seni....

Homiladorlik haqida maʼlumot

Hozir homilador ekanligingiz tufayli hozir eng katta istagingiz homiladorlikning erta bosqichlari toʻgʻrisida axborot olish hisoblanadi! Homilador ekanligingizni anglash paytigacha siz bu haqida qanchalik koʻp narsa bilishni istashingiz toʻgʻrisida...

Tushda bog' ko'rsa nima bo'ladi

BOG‘ KO‘RISH (BOG‘ DIDAN) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi bog‘ xotin bo‘ladi. Boqqa suv berayotganini ko‘rsa, xotini bilan yaqinlik qiladi. Boqqa suv berayotganini, biroq nam bo‘lmayotganini ko‘rsa, xotini uning yaqinlik qilishini...

Tushda gul ko'rsa nima bo'ladi

GUL (GUL) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda ko‘rilgan gul haqidagi hukm ikki xildir: birinchisi — daraxtda turgan gul; ikkinchisi — daraxtdan to‘kilgan gul. Baqosi yo‘q, uzoq turmaydigan gul tush ko‘ruvchi uchun g‘amu anduh bo‘ladi. Har kim...

Tushda qo'chqor ko'rsa nima bo'ladi

QO‘CHQOR (MISH) Tushida qo‘chqor qo‘yga minib olganini ko‘rsa va u itoatkor bo‘lsa, ulug‘ va farmonbardor kishi bo‘lishiga dalildir. Tushida sovliq qo‘y jang qilganini va qo‘chqor uni yengganini qo‘rsa, dushman uning ustidan g‘olib bo‘lishiga...



Fikr qo'shish

Наверх