Bir student kundalik xarajatlarga pul topish uchun mardikor bozorga chiqibdi

Bir student kundalik xarajatlarga pul topish uchun mardikor bozorga chiqibdi. O‘zi kichkina ozg‘in ekan, hech kim ishga yonlamabdi. Bir payt qora Mers kelib to‘xtabdi. Ichidan uchta krutoy odamlar tushib to‘g‘ri uning oldiga kelib:
— Sen to‘g‘ri kelasan, yur ish bor, - deb uni olib ketibdi. 
Studentni hayvonot bog‘iga olib borishibdi. Hayvonot bog‘i direktori:

— Uka senga 200 ming so‘m beraman, hayvonot bog‘iga komissiya kelayapti, maymunimiz o‘lib qolgandi. Tuppa tuzuk maymunga o‘xshaydigan bola ekansan, komissiya ketguncha maymunning niqobini kiyib, maymun bo‘p tur, - debdi.
Student rozi bo‘libdi. 
Komissiya kelibdi. Student "bu zo‘r maymun ekan", - o‘ylasin deb karatega tushib tomosha ko‘rsatayotganmish. Komissiya a’zolaridan biri:
— Bu karatist maymun ekan, kelinglar sher bilan urishtiramiz, - debdi. 
Sherni maymunning qafasiga qo‘yvorishibdi. Sher studentga o‘kirib yaqinlasha boshlabdi. 
Student burchakda. Sher yaqinlashgan sari, studentning ishtoni og‘irlasharmish. Nihoyat sher studentning yoniga kelib:
— o‘o‘o‘, qo‘rqma bratishka, menam TOSHMIda o‘qiyman, - dermish



O'hshash ma'lumotlar

Yo'qotilgan boylik - Turon yo'lbarsi

O‘tgan asrning ikkinchi yarmida yo‘lbarslarni himoya qilish ishlari boshlangan edi. Afsuski, juda kech....

Tushda maymun ko'rsa nima bo'ladi

MAYMUN (BUZINA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi maymun firib beruvchi mal’un dushmanni bildiradi. Agar maymun bilan o‘tirganini va maymun unga itoatli ekanligini ko‘rsa, dushman ustidan g‘olib bo‘lishini bildiradi. Agar maymun bilan jang...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda sigir va buqa ko'rsa nima bo'ladi

SIGIR VA BUQA (GOV) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushida molning ustida o‘tirganini va mol o‘ziniki ekanini ko‘rsa podshohdan amalga ega bo‘lishi va xususan, mol qora bo‘lsa, undan ko‘p foyda ko‘rishiga dalildir. Agar sariq buqani ko‘rsa, bemorlikka...

Tushda son ko'rsa nima bo'ladi

SON (ADAD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida diram, dinor yoki libos yoxud boshqa narsalardan bitta berganini ko‘rsa, yaxshilik ko‘rishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar...



Fikr qo'shish

Наверх