Tushda maymun ko'rsa nima bo'ladi

MAYMUN (BUZINA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi maymun firib beruvchi mal’un dushmanni bildiradi. Agar maymun bilan o‘tirganini va maymun unga itoatli ekanligini ko‘rsa, dushman ustidan g‘olib bo‘lishini bildiradi. Agar maymun bilan jang qilayotganini va undan ojiz qolganini ko‘rsa, kasal bo‘lishini va undan shifo topmasligini bildiradi yoki uning badanida bir ayb paydo bo‘ladiki, undan xaloslik topolmaydi.

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushda maymunni o‘ldirganini ko‘rsa, dushmanga qahr qilishiga dalil bo‘ladi. Agar maymun go‘shtidan yeganini ko‘rsa, qiyinchilikka yoki birorta nuqsonga giriftor bo‘lishini bildiradi. Agar kimdir unga maymun berganini ko‘rsa, kimdir uning dushmanligini oshkor qilishiga dalildir.


Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, agar tushda maymunni o‘ldirganini ko‘rsa, kasal bo‘lishi va tezda shifo topishini bildiradi. Agar maymun otiga minganini ko‘rsa, birorta juhud (yahudiy) uning xotini bilan buzuq ish qilayotganiga dalildir.

Urg‘ochi maymun buzuq yoki jodu bilan shug‘ullanuvchi ayoldir.
Agar uyiga maymun kirib kelganini ko‘rsa, uyida birorta ayolning unga sehru jodu qilishini bildiradi. Agar maymun tishlab olganini ko‘rsa, bemor bo‘lishi yoki o‘z ayolidan dashnom eshitishini bildiradi. Agar maymun unga biror narsa berganini yoki u yeganini ko‘rsa, o‘z molini ahli oilasi uchun sarf qilishini bildiradi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda go'shtlar, go'sht ko'rsa nima bo'ladi

GO‘SHTLAR (GO‘SHTHO) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushda suvda pishirilgan go‘sht qovurilgan go‘shtdan yaxshiroq bo‘ladi, qovurilgan go‘pgg esa xom go‘shtdan yaxshirokdir....

Tushda ilon ko'rsa nima bo'ladi

ILON (MOR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ilon yashirin yomonlikni ko‘zlovchi dushmandir. Tushida uyida ilon yurganini ko‘rsa, oiladagi dushmanni bildiradi. Agar dalada ko‘rsa, begona dushmanga dalildir. Tushida ilon bilan jang...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda ot ko'rsa nima bo'ladi

OT (ASP) Doniyol (a.s.) aytadilarki, arab otini tushida ko‘rsa, ulug‘lik, izzat va sharaf bo‘ladi. Arab otiga minib yurganini ko‘rsa, ot unga tobe va farmonbardor bo‘lsa, otning sozligi va qimmatiga qarab, izzat ulug‘lik va davlat topadi. Tushida...

Tushda qoplon ko'rsa nima bo'ladi

QOPLON (YUZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qoplon dushmandir. Tushida qoplon bilan jang qilganini va uni yengganini ko‘rsa, dushman ustidan g‘alaba qilishiga dalildir....



Fikr qo'shish

Наверх