
Odam bolasi hamisha harakat maydonida yashaydi. Uning yuragi, tafakkuri, idroki hamisha
yo'lda. Orzu qiladi, intiladi, qoqiladi, yo'qotadi, topadi... Ayriladi, kuyadi, sog'inadi, kutadi,
yetishadi... Inson umri ana shunday bir-biriga o'xshagan va o'xshamagan lahzalar marjoni.
Baxt esa ana shu lahzalardan bittasining ismi. Ya'ni inson mutloq baxtiyor bo'lishi (mutloq
chempion deganday) mumkin emas. U hayotning ba'zi soatlari, ba'zi kunlari, ba'zi oylaridagina
baxtli yashashi mumkin. Lekin o'sha daqiqalar uning qalbidan shunchaki o'tib ketmaydi.
Baxtning hatto, xotirasi ham totli. Shuningdek, baxtni biror qiyofa yo shaklga solib, «mana
shul», deb hammaga taqdim etib, barchani ishontirib bo'lmaydi. Bu hissiyotning suvrati,
ko'rinishi, mezonlari har kimning o'z ko'ngil kengliklariga, tafakkur balandligi, idrok
teranliklariga teng. Quyida baxtli yashash uchun tavsiya va maslahatlarni jamladik. Ularga
amal qilar ekansiz, haqiqiy baxt siz bilan yonma-yon bo'ladi.
Baxtli yashash uchun eng zarur qoidalar
1. YAqin kishilaringizni seving.
Ko'p vaqtingizni, e'tiboringizni sevgan kishilaringizga bag'ishlang. Bundan o'zingizni baxtli his
eta olasiz.
2. Baxtni ortga surmang
Biz ko'pincha oilaviy baxt yangi uy yoki mashina sotib olish, yaxshi ishga kirish yoki
qo'shimcha ta'lim olish orqali kirib keladi, deb o'ylaymiz. Bu esa noto'g'ri. Ayni damda sizda bor
narsalar bilan ham baxtli bo'lishning ilojisi bor.
3. O'z umringiz uchun ma'suliyatni his qiling!
Baxtli bo'lish uchun birinchi navbatda erkin bo'lish lozim. Vaziyat qanday bo'lmasin, unga
qanday yondashish o'z qo'lingizda. Buning uchun faqat o'zingiz javobgar bo'lasiz.
4. Ko'p kuchingizni o'zingiz sevgan mashg'ulot, kasb yoki faoliyatga bag'ishlang.
Agar ishingizni sevsangiz, ko'p ishlang. Agar yoqmasa almashtirishga harakat qiling, bu
o'zingiz uchun ham, jamiyat uchun ham samaraliroq bo'ladi. Biz ish joyida ko'p vaqtimizni
o'tkazamiz va bu vaqt biz uchun azobga aylanmasligi kerak.
5. O'zgarib turing!
Muntazam tarzda yangilanib, o'sib rivojlanib borsangiz, baxtning o'zi sizni izlab topadi.
Hayotingizni yangi bosqichga ko'tarish uchun hamisha yangiliklar izlab toping.
6. Boshqa odamlarga yordam bering.
Har bir insonning ichida altruizm, ya'ni atrofdagilarga beg'araz yordam ko'rsatish ehtiyoji
mavjud. Boshqalarga yordam berish orqali, birinchidan, o'z-o'zingizga hurmatni oshirasiz,
ikkinchidan, o'zingizdagi jismoniy va psixologik tanglik holatlarini, ya'ni stresslarni yo'qotasiz va
natijada hayotdan qoniqish, baxtga erishish hissiga ega bo'lasiz.
7. ijod qiling!
Biror narsa yaratish sizga kuch bag'ishlaydi va ahvolingizni yaxshi tomonga o'zgartiradi.
8. Jismoniy faollik
Istalgan jismoniy faollikning, harakatning sog'lom kishiga haqiqiy lazzat baxsh etishi ma'lum,
buning sababi chuqur o'rganilmagan. Akademik Pavlov bu hisni mushaklar mashqi deb
atagan. Jismoniy faollik davrida inson miyasida o'ziga xos tabiiy moddalar (endorfinlar) ishlab
chiqiladi va bu moddalar kishiga lazzat, zavq baxsh etadi. Demak, jismoniy harakatlar insonga
baxt hissini ato etadi. Siz raqs tushishingiz, sportning istalgan turi bilan shug'ullanishingiz yoki
qo'lingizdan keladigan mashq, harakatni amalga oshirishingiz mumkin. Hatto, qishda ertalab
turib yoqqan qordan yo'lakni ochsangiz ham, yerni belkurak bilan chopsangiz ham, mashaqqat
bilan derazalarni yuvsangiz ham baxtni his eta olasiz.
9. O'z qiziqishlaringizga ega bo'ling!
Ishqibozlik bizga mayda xursandchiliklar beradi va ular birlashib, baxtga aylanadi. SHuning
uchun qiziqishlar doirasini kengaytirib boring. Bu bilan siz baxtga eltuvchi yo'llaringizni
ko'paytirasiz. Atrofda shuncha qiziqarli narsalar bo'la turib, kishi baxsiz bo'lishi mumkinmi?
10. O'zingizni yarating!
O'zingiz uchun o'z hayotiy tamoyillaringizni yarating va ularga amal qiling. O'zingizga bo'lgan
sadoqat ham baxt yo'lidagi muhim omillardandir. Siz kimsiz? Boshqalar hayoti bilan
yashamang, kimningdir umidi, sizdan nimadir kutayotgani uchun emas, o'zingiz uchun
yashang. Qo'yib bersa, odamlar sizdan ko'p narsa kutishlari mumkin, lekin o'zingizchalik sizni
birov sevarmikan?
11. Orzularga beriling va qiziqing.
Qiziqishlaringiz doirasini kengaytiring. Go'zal xayollarga berilishdan cho'chimang. Orzular
olamiga g'arq bo'ling. Oldingizga katta maqsadlarni qo'yib, unga dadil qarab intiling.
12. O'zingizga ishoning.
Kuchingizga ishoning. Qanday bo'lsangiz shundayligingizcha qoling. Birovlar uchun
yashamang. Odamlar siz qanday bo'lsangiz, shundayligingizcha qabul qilishlari va hurmat
etishlariga ishoning.—
13. YAshash naqadar lazzatli ekanligini unutmang
Har bir o'tayotgan kun uchun quvonishni o'rganing. O'tayotgan kuningizning har lahzasini
unumli o'tkazish va bayram qilish esa o'z qo'lingizda.
14. YAxshi narsalar haqida o'ylang.
Joy, vaziyat insonni baxtli yoki baxsiz qila olmaydi. Faqatgina aql-salohiyat qanday inson
ekanligimizni his etishimizga yordam beradi. Har doim yaxshi narsalar haqida o'ylang. Bo'lar-
bo'lmas xayollarga bormang, salbiy o'y-xayollarni o'zingizga yaqinlashtirmang. “Nimaiki
bo'lmasin, yaxshilikka” degan qoidaga ishoning
15. Boshqalarni baxtli qiling!
Bu baxtga erishishning eng ishonchli usulidir. O'z baxtingiz yo'lida odamlarga yaxshilik qiling —
ana shunda buning o'zi baxt ekanligiga amin bo'lasiz. Kishilarga hamdard bo'ling. Bu
fidokorlikning oliy ko'rinishidir. Baxtga xech qachon xudbinlik orqali emas, balki fidoyilik tufayli
erishiladi.