Kar va Kasal

Kar va Kasal

Anchadan beri kasal yotgan odamning bir kar qo‘shnisi bo‘lib, u shu paytgacha bemorni ko‘rgani kelmagan edi. Bir kuni boshqa qo‘shnisi karga bemorni ko‘rgani bormadingmi dedi. Bu gap karga tasir qilib darhol bemorni ko‘rgani ketdi. Yo‘lda o‘ziga o‘zi, ha menda karlik bemor qo‘shnimda esa qarilik bor, u sekin gapiradi men esa hech narsani eshitmayman, u bilan qanday gaplashaman-a? deb o‘ylabdi. so‘ngra kasalning ahvolini yuz ifodasidan bilib olamanda debdi. Masalan unga qandaysan deyman, u esa yaxshiman deb tabassum qiladi, men ham unga Alhamdulillah juda hursandman deyman, yoki kasal menga qiynalayapman, og‘riqdan desa, Olloh shifo bersin deyman. Keyin yana aytaman, Nima yeb, nima ichyapsan? «u» sho‘rva yoki sut deydi. Men osh bo‘lsin deyman. Yana undan qaysi tabib ko‘rayotganini so‘rayman, aniqki u falonchi tabib deydi, men esa u tabib g‘oyatda qo‘li yengil yaxshi davolaydi deyman, deb o‘ylab qo‘shnisinikiga kirdi. Kasalga yaqinlashib unga salom berdi. -Qalaysan qo‘shni dedi, kasal og‘ir qimirlab, tabassum qilib: -Kasalim og‘ir qo‘shnijon o‘lyapman dedi. Kar bu gapni eshitmasdan uning tabassumiga qarab: -Oh-oh juda hursandman Alhamdulillah dedi. Kasal karning kutilmagan bu so‘zidan ranjidi. Bu odam dushman ekanda deb o‘yladi. Kar yana soradi: -Do‘stim nima yeb nima ichyapsiz? Kasal g‘azablanganidan: -Zahar yeb zahar ich yapman, dedi. Kar bu so‘zdan behabar, kulib osh bo‘lsin dedi. Qo‘shnisi juda g‘azablandi. Kar yana so‘radi: -Qaysi tabib kelib turibdi? Kasal jahl bilan: -Azroil kelib ketyapti dedi. Kar davom etdi: -O‘ho, uni qo‘li yengil juda yaxshi davolaydi, u shunday deb kasalning yonidan chiqib ketdi, ketayotib o‘ziga o‘zi, hudoga shukr kasalning ham holini so‘rab qo‘ydim dedi.



O'hshash ma'lumotlar

Ota-onalar va ota-onalar haqida 10 ta foydali maslahatlar

Bolalar bilan qanday munosabatda bo'lishni o'rganish hech qachon kech emas....

Ota-onalarning 6 turi va ular bilan qanday qilib to'g'ri munosabatda bo'lish kerak

Agar kimdir sizning hayotingizni buzsa, siz o'tirolmaysiz. Garchi bu odamlar sizning ota-onangiz bo'lsa ham....

Mustaqil bolani qanday tarbiyalash mumkin: dangasa ona usuli

Ota-onalarga farzandlariga muhim hayotiy ko'nikmalarni o'rgatish va janjal va injiqliklardan qochishga yordam beradigan tamoyillar....

Hazilga o'xshash 9 ta haqiqiy tarixiy fakt

1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...



Fikr qo'shish

Наверх