Kegel mashqlari jinsiy faollikni oshirishi rostmi?

Kegel mashqlari jinsiy faollikni oshirishi rostmi?

Kegel mashqlari jinsiy a’zo mushaklarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar yig‘indisi hisoblanadi. Mashqlar XX asrning o‘rtalarida ginekolog Arnold Kegel tomonidan ayollar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, keyinchalik nafaqat ayollar, balki erkaklar salomatligi uchun ham muhim mashqlar ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi va ommalashib bordi.
Hozirgi vaqtda qadar ko‘pgina ginekolog, androlog, seksopatologlar o‘z bemorlariga ushbu mashqlarni tavsiya qilib kelishmoqda hamda kerakli va ko‘zlangan natijalarga erishilmoqda.
Kegel mashqlari jinsiy yo‘llardagi ba’zi kasalliklarni davolash va oldini olish uchun qo‘llaniladi, masalan, enurez (siydik tutolmaslik), prostatit, to‘g‘ri ichak kasalliklaridan bavosir (gemorroy), enkoprez (axlatni muntazam tutolmaslik) kasalliklari profilaktikasida va davolashda tavsiya etiladi. Bundan tashqari, jinsiy faoliyatni tartibga solishda (erta bo‘shalish, anorgazmiya va boshqalar) qo‘llaniladi. Mashqlarni bajarishning eng muhim jihati shundaki, mashqlarni muntazam bajarib borish chanoq bo‘shlig‘ida qon aylanishini yaxshilaydi, natijada ushbu sohadagi eng muhim a’zolarning normal ish faoliyati rag‘batlantiriladi.
Quyida qanday holatlarni bartaraf qilish yoki oldini olish uchun Kegel mashqlari qo‘llanilishi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsak.

Kegel mashqlari qanday holatlarda ayollarga tavsiya etiladi?

  1. Siydik tuta olmaslik (enurez) ni davolash va oldini olish uchun;
  2. Gemorroy kasalligini oldini olish va bartaraf qilish;
  3. Kichik chanoq a’zolarida kuzatiladigan yallig‘lanish jarayonlarini davolash va oldini olish uchun;
  4. Organizmni bo‘lajak homiladorlikga va tug‘ruq jarayoniga tayyorlash, ularning ortiqcha bezovtaliklarsiz va oson o‘tishi uchun;
  5. Tug‘ruqdan so‘ng tug‘ruq yo‘llaridagi to‘qimalarning tiklanishi, asoratlarning tezda yo‘qolishi uchun;
  6. Mijoz sustligi yoki sog‘lom jinsiy maylning yo‘qolishini holatini bartaraf qilish uchun;
  7. Anorgazmiya holati yuzaga kelmasligining profilaktikasi uchun tavsiya etiladi.
Bu mashqlarni bajarish faqatgina yuqorida sanab o‘tilgan holatlarni bartaraf qilish yoki oldini olish uchun qo‘llanilibgina qolmay, balki organizmning umumiy holatini yaxshilash uchun ham muhim ahamiyatga egaligi Arnold Kegel tomonidan ham ta’kidlab o‘tilgan.
Umuman olganda Kegel mashqlarini bajarish ayol hayoti davomida uchrashi mumkin bo‘lgan homiladorlik, tug‘ruq kabi tabiiy jarayonlarni oson kechishiga, jinsiy muammolarning umuman kuzatilmasligiga yoki juda kam kuzatilishiga yordam beradi. Va bu mashq erkaklarda ham ayollarda ham jinsiy hayot sifatini yaxshilashda qo‘llaniladiga eng zararsiz va foydali usullardan biridir.

Kegel mashqlari qanday holatlarda erkaklarga tavsiya etiladi?

  • Prostatit kasalligini davolash va oldini olish uchun
  • Bavosil (gemorroy) kasalligini oldini olish va bartaraf qilish uchun;
  • Qovuq nazoratini yaxshilash uchun;
  • Tomchilab peshob ajratishni bartaraf qilish uchun;
  • Enurez va enkoprez holatini oldini olish va bartaraf qilish uchun;
  • Jinsiy zaiflikni oldini olish va bartaraf qilish uchun va juda ko‘plab muammoli holatlarda tavsiya etiladi.
Biz maqolada Kegel mashqlarining foydali jihatlarida qisqagina to‘xtalib o‘tdik, lekin bu mashqlarning reproduktiv a’zolarning normal ish faoliyati uchun juda muhim tomonlari hali juda ko‘p.



O'hshash ma'lumotlar

Ayrim yosh kelin-kuyovlarning qovusha olmaslik sabablari

Uchinchi ming yillikning dastlabki asri — axborot asri sifatida e’tirof etilayotir. Darhaqiqat, jahon afkor ommasi tobora axborotlar girdobiga tushib qolmoqda. Ko‘plab shov-shuvlar, ilmiy manbalar bilan qorishib ketib, fisqu fujur tarzidagi...

Prostata bezi — Erkaklar salomatligi uchun tavsiyalar

Erkaklar sog‘liqlariga jiddiy e’tibor berishlarida ularga turmush o‘rtoqlari ham ko‘maklashishlari kerak. Quyida erkaklar salomatligi uchun juda foydali hisoblangan, xalqimiz orasida keng tarqalgan va tibbiyotda o‘z isbotini topgan usullardan...

Shakar va sut haqiqatan ham sportdagi muvaffaqiyatingiz va sog'lig'ingizni o'ldiradimi?

Biz ushbu mahsulotlar bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni tushunamiz....

Hazilga o'xshash 9 ta haqiqiy tarixiy fakt

1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...



Fikr qo'shish

Наверх