
Anorgazmiya – jinsiy funksiya buzilishi bo‘lib, bu holat orgazmni his qilmaslik bilan xarakterlanadi. Anorgazmiya ayollarda ko‘p uchraydi. Erkaklarda anorgazmiya kam kuzatiladi va 35 yoshdan keyin rivojlanishi mumkin.
Kasallik birlamchi (hech qachon orgazmni his qilmagan) va ikkilamchi (bemor orgazm his qilmay qo‘ygan ya’ni avval orgazm his qilgan, hozirda esa yo‘q). Bundan tashqari quyidagi turlari farqlanadi:
- Situatsion – orgazm faqat ma’lum bir sharoitlardagina bo‘ladi, shu sharoitlar bo‘lmasa, orgazmni his etmaydi;
- Koital – orgazm turli usullar bilan erishilishi mumkin, lekin jinsiy aloqa paytida his etmaydi;
- Nimfomanik – uzoq muddat ta’sirlanganda yuqori qo‘zg‘olishni his etadi, lekin orgazmga erisha olmaydi;
- Sporadik – jinsiy aloqaning turli shakllarida orgazmga erishiladi, lekin doimo ham emas.
Anorgazmiya sabablari
- Jinsiy sistemaning tug‘ma nuqsonlari;
- Jinsiy sistema kasalliklari;
- Qin devorining cho‘zilishi (tug‘ruqdan keyin) natijasida sezuvchanlikning kamayishi;
- Jinsiy aloqada og‘riq;
- Psixologik omillar (jinsiy sherigining qo‘pol harakati, zo‘rlash, jinsiy sherigining salbiy munosabati);
- Ba’zi bir dori vositalarini uzoq muddat qabul qilish (antidepressantlar, oral kontraseptivlar);
- Jinsiy sheriklarning jinsiy uquvsizligi.
Anorgazmiya belgilari
- Jinsiy aloqadan huzur oladi, lekin orgazmni his qilmaydi;
- Jinsiy yaqinlikda yoqimsiz hissiyotlar bo‘ladi, orgazmni his qilmaydi;
- Bemorda jinsiy aloqaga qiziqish yo‘q.
Anorgazmiya diagnostikasi
Ushbu kasallikni aniqlash va davolash uchun shifokor-seksolog bemorni umumiy ko‘rik va lozim topilsa, jinsiy sherigini ham ko‘rikka taklif qilishi mumkin. Shuningdek, ginekolog maslahati ham kerak bo‘lishi mumkin.
Anorgazmiya kasalligini davolash
Anorgazmiya kasalligini davolashda gormonal vositalari, antidepressantlar, trankvilizatorlar, vitaminlar, fizioterapevtik muolajalar (elektrostimulyatsiya, gidroterapiya, vibromassaj) kabi vositalardan foydalaniladi.
Anorgazmiya profilaktikasi
- Siydik chiqarish yo‘llari kasalliklarini o‘z vaqtida davolash;
- Ginekolog ko‘rigidan doimo o‘tib turish;
- Jinsiy hayot muammolari bo‘lsa seksologga murojaat qilish.
O'hshash ma'lumotlar
Ayol orgazmi haqidaAyol orgazmi yoxud ayolning jinsiy aloqadan lazzatlanishi....
Jinsiy aloqa vaqtida ogʻriq va achishish sabablariJinsiy aloqa vaqtida noxushliklar, ayniqsa, ogʻriq koʻp urologik kasalliklarda kuzatiladi. Jinsiy aloqada ogʻriq turlicha namoyon boʻlishi mumkin va ogʻriq turli joylarda kuzatilish ham mumkin. Ogʻriq qorin pastida, oraliq yoki tanosil aʼzolari...
Jinsiy aloqaning qisqa bo’lish sabablari va davolash usullariQisqa jinsiy aloqa — 1,5-2 daqiqadan kam davom etadigan jinsiy aloqa, bu ayolga yoki ikkala sherikka ham jinsiy qoniqish keltirmaydi. Jinsiy aloqaning davomiyligi jinsiy olatni vagina ichiga qo’yilgan paytdan eyakulyatsiya boshlanishigacha bo’lgan...
Jinsiy aloqa bilan yuqadigan eng xavfli kasalliklar haqidaO‘tgan 20-asrning 70 yillarida ko‘pchilikka faqat ikkita jinsiy aloqa orqali yuqadigan kasallik ma’lum edi. Bizning davrimizga kelib esa, ularning soni 25tadan oshgan. Ularning ba’zilari butunlay bedavo hisoblanib, tibbiyotchilar haligacha ularga...
Homiladorlik paytida qon ketishiHomiladorlik paytida qon ketish siz taxmin qilganingizdan ko’ra tez-tez uchraydi. Uchinchi ayoldan biri homiladorlikning birinchi trimestrida qandaydir qon ketishini boshdan kechiradi. Bu bir nechta jigarrang dog’lardan yorqin qizil qon...