Immunitetni ko’tarish, aniq va samarali usullar

Immunitetni ko’tarish, aniq va samarali usullar

Immunitet ajoyib narsa. U hammamizda bor va uni hamisha mustahkamlash va kuchaytirib borish kerak, chunki immunitet gripp va shamollashdan tortib saraton xastaligigacha saqlaydi.

Immunitetni qanday oshirish mumkinImmunitetning siri shundaki, u yagona a’zo emas, balki butun bir tizimdir. Immunitet yurak-qon tomir tizimidan ham murakkabdir, u hujayra darajasida ishlaydi.
Olimlarning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, sog’lom turmush tarzi turli kasalliklarga qarshi kurashishda immunitetga yordam berar ekan. Keling, ularni ko’rib chiqamiz.
 
ChekmaslikKashandaning og’iz bo’shlig’ida haqiqiy yallig’lanish o’chog’i vujudga keladi va u immunitetni o’ziga jalb qilib chalg’itadi. Shuning uchun chekuvchilar har xil xastaliklarga tez-tez chalinadilar: tuberkulyoz, yurak-qon tomir kasalliklari va xattoki saraton. Immunitetingizni kuchaytirishni xohlasangiz, chekishdan voz keching.
 
Alkogol ichimliklarni ichmaslik

Tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, alkogol ichimliklar o’smaga qarshi immunitetning faolligini susaytirar ekan, bu esa yo’g’on ichak saratoni va jigar xastaliklariga olib keladi. Xullas, kasal bo’lishni istamasangiz, ichmang, aks holda o’simtaga qarshi immmunitetni ishdan chiqarib qo’yasiz. 
Ko’proq sabzavot va mevalardan iste’mol qilishSabzavot va mevalarning hammasi koni foyda – chesnok ham, zanjabil (imbir) ham, limon ham. Ba’zi odamlarga qaysidir meva yoki sabzavot mijoziga to’g’ri kelmasligi mumkin, bunday holda o’sha mahsulotni kamroq iste’mol qilish yoki umuman ratsiondan chiqarib yuborish mumkin.
 
UyquImmunitetni kuchaytirishning oddiy va haqqoniy usullaridan biri – to’yib uxlashdir. Agar siz tez-tez shamollab tursangiz – ehtimol siz kam uxlayotgandirsiz. To’yib uxlaganda organizm kun bo’yi sarflagan energiyasini qayta tiklab oladi, shuning uchun inson kuniga 8-9 soat uxlash tavsiya etiladi.
 
Sport bilan shug’ullanishSport birvarakayiga bir necha yo’nalishda yordam beradi. Birinchidan, sportchilar chindan ham kamroq kasallikka chalinadilar. Ikkinchidan, sport uyqu rejimini tartibga soladi (uyquning esa qanchalik muhimligi haqida aytib o’tdik). Uchinchidan, sport semizlikka qarshi kurashishda yaxshi natija beradi. Semizlik esa immunitetning ishdan chiqishiga olib keluvchi omillardan biridir.
 
Asabiylashmaslik

Asabiylashish ham immunitetni izdan chiqarishi mumkin. Internet sahifalarida tinchlantiruvchi, xotirjamlikni saqlab qoluvchi tavsiyalar talaygina. Styress gormonlari immun tizimining ishini ishdan chiqaradi va ko’pgina kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin, shuning uchun arzimagan narsalarga jig’ibiyron bolavermasdan, xotirjamlikni saqlab qolishga harakat qiling.



O'hshash ma'lumotlar

Shakar va sut haqiqatan ham sportdagi muvaffaqiyatingiz va sog'lig'ingizni o'ldiradimi?

Biz ushbu mahsulotlar bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni tushunamiz....

Qanday qilib bepul tibbiy ko'rikdan o'tish kerak va nima uchun hamma buni qilishi kerak

Biz qanday qilib saraton kasalligi uchun testdan o'tishni va bunga o'z mablag'imizni sarflamaslikni - Sog'liqni saqlash milliy loyihasi bilan birgalikda aniqlaymiz....

Hazilga o'xshash 9 ta haqiqiy tarixiy fakt

1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...

Homiladorlik paytida qon ketishi

Homiladorlik paytida qon ketish siz taxmin qilganingizdan ko’ra tez-tez uchraydi. Uchinchi ayoldan biri homiladorlikning birinchi trimestrida qandaydir qon ketishini boshdan kechiradi. Bu bir nechta jigarrang dog’lardan yorqin qizil qon...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...



Fikr qo'shish

Наверх