Bir cholning uch o‘g‘li bor ekan. Kunlarning birida chol o‘g‘illarini tong-sahar vaqti uyg‘otibdi

Bir cholning uch o‘g‘li bor ekan. Kunlarning birida chol o‘g‘illarini tong-sahar vaqti uyg‘otibdi

Bir cholning uch o‘g‘li bor ekan. Kunlarning birida chol o‘g‘illarini tong-sahar vaqti uyg‘otibdi:
– Qandaydir yaramas sigirimizni o‘g‘rilab ketibdi! 
Kichik o‘g‘il (ko‘zlarini ishqalab):
– Yaramas bo‘lsa, demak bo‘yi pakana bo‘lishi kerak! 
O‘rtancha o‘g‘il (esnagancha):
– Pakana bo‘lsa, demak qo‘shni qishloq, Olaqo‘ng‘irdan! 
To‘ng‘ich o‘g‘il:
– Olaqo‘ng‘irdan bo‘lsa, demak o‘g‘ri – Toshmat g‘ilay!
Uch o‘g‘il va ota Olaqo‘ng‘irga borib, Toshmat g‘ilayni ushlab, sigirni talab qila boshlashibdi. Toshmat g‘ilay esa sigirni o‘g‘rilamaganini aytibdi. Ota-bolalar Toshmat g‘ilayni qozi huzuriga sudrashibdi:
– Sigirimizni o‘g‘rilagan, ursak ham so‘ksak ham, tepsak ham qaytarmayapti! 
Qozi aka-ukalardan so‘rabdi:
– Nega sigirlaringni aynan shu odam o‘g‘rilagan, deb o‘ylayapsizlar?
– Sigirimizni yaramas o‘g‘rilagan, yaramas odam pakana bo‘ladi, pakanalar esa Olaqo‘ng‘irda, olaqo‘ng‘irlik bo‘lsa Toshmat g‘ilaydan boshqa odam bo‘lmaydi, – deb javob qilishibdi aka-ukalar!
– Iye, mantiqlaring juda qiziq-ku?! – debdi qozi va qutiga allanimani yashirib, aka-ukalardan so‘rabdi:
– Manavi qutida nima bor?
– Quti to‘rtburchaksimon ekan, – debdi ota.
– Demak, uning ichidagi narsa yumaloq, – debdi kenja o‘g‘il.
– Yumaloq bo‘lsa, rangi albatta zarg‘aldoq, – debdi o‘rtanchasi.
– Zarg‘aldoqmi, demak, u – apelsin, – debdi to‘ng‘ichi. 
Qozi ko‘zlari olaygancha qutidan apelsinni olar ekan, Toshmat g‘ilayga o‘shqiribdi: 
– Sigirni qaytar, yaramas!



O'hshash ma'lumotlar

O’g’il ko’rish – sirlari, kalendari va homila jinsini aniqlash usullari

Tug’ilajak farzandning o’g’il bo’lishini istovchilar uchun bir qator ehtimoliy usullar mavjud. Bu usullardan foydalanib o’g’il ko’rish darajasi 100 %ga yaqinlashadi. Ammo, o’g’il ko’rish uchun aniq kafolatlangan hech qanday holatlar yo’q va bu inson...

Chaqaloqlarda ich qotishi (qabziyat) – sabablari, belgilari va bartaraf qilish yo‘llari

Bir yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlarda yuzaga keladigan muammolardan biri ich qotishidir. Chaqaloqlarda ich qotishi yoki ich ketishi bilan yuzaga keladigan muammolar bola tug‘ilganidan bir necha kun o‘tiboq namoyon bo‘lishi mumkin. Ushbu patologik...

Bolalarda ich ketishi (diareya) sabablari va davolash sirlari

Diareya – najasning suyuq hamda bir kunda 2 martadan ko‘p marotaba kelishi. Bu holat axlat massasining ichaklardan tez harakatlanib o‘tib ketishidir. Diareya – najasning suyuq hamda bir kunda 2 martadan ko‘p marotaba kelishi. Bu holat axlat...

Ota-onalarning 6 turi va ular bilan qanday qilib to'g'ri munosabatda bo'lish kerak

Agar kimdir sizning hayotingizni buzsa, siz o'tirolmaysiz. Garchi bu odamlar sizning ota-onangiz bo'lsa ham....

Mustaqil bolani qanday tarbiyalash mumkin: dangasa ona usuli

Ota-onalarga farzandlariga muhim hayotiy ko'nikmalarni o'rgatish va janjal va injiqliklardan qochishga yordam beradigan tamoyillar....



Fikr qo'shish

Наверх