Dunyoning yetti moʻjizasi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Dunyoning yetti moʻjizasi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Yetti moʻjiza — qadimgi dunyoda mashhur boʻlgan meʼmorlik va haykaltaroshlik obidalari. Ulkanligi, katta mahorat bilan yaratilgani, jozibadorligi tufayli asrlar mobaynida „Dunyoning yetti moʻjizasi“ hisoblangan:

  1. Misr ehromlari — yoʻnib tayyorlangan katta toshlardan piramida shaklida qurilgan Qadimgi Misr firʼavnlarining maqbaralari (mil. av. III—II mingyilliklar). Ularning eng yirigi — Xeops piramidasi (balandligi 146,6 metr, asosi 233X233 metr)ning har biri oʻrtacha 2,5 tonnalik 2 300 000 blok bilan (baʼzi qismlarida 30 tonnalik bloklar ham bor) 30 yil mobaynida qurilgan, goʻrxonadan tashqari ikki qavatli ibodatxonasi ham bor;
  2. „Semiramida osma bogʻlari“ — Ossuriya malikasi Semiramida (Shammuramat) Bobilga maxsus inshootlar qurdirib bunyod etgan (mil. av. VI asr);
  3. Rodos orolidagi Artemida ibodatxonasi (taxminan mil. av. 550-yil);
  4. Zevsning Yunonistonning Olimpiya shahridagi ulkan haykali (taxminan mil. av. 430-yil, haykaltarosh Fidiy oltin va fil suyagidan ishlagan);
  5. Rodos oroli koʻrfazidagi yunonlarning quyosh maʼbudi Gelios haykali (taxminan mil. av. 292—280-yillar, haykaltarosh Haros misdan ishlagan);
  6. Kariya shohi Mavsol (mavzoley uning nomidan) oʻzi uchun qurgan Galikarnas (hozirgi Turkiya hududi)dagi maqbara — monument (taxminan mil. av. 377—352-yillar);
  7. Iskandariya (Aleksandriya) shahridagi ulkan mayoq (taxminan mil. av. 280-yil, meʼmori Sostrat).
Yetti moʻjizadan faqat Misr ehromlari deyarli butun holda saqlangan, baʼzilari (Artemida ibodatxonasi, Galikarnasdagi Mavsol maqbarasi)ning ayrim boʻlaklaridan, qolganlari qadimgi yozma manbalardangina maʼlum



O'hshash ma'lumotlar

7 MO‘JIZA: Misr piramidalari sirlari: siz bilmagan 10 ta fakt

Misr piramidalari nafaqat ulug‘vor inshootlar, balki olimlar va sayyohlar orasida hanuzgacha qiziqish va hayajonni uyg‘otadigan sir va sirlar manbai. Ushbu maqolada biz piramidalar haqida ularning o‘ziga xosligi va sehrini sizga ochib beradigan 10...

Dunyoning eng boy 20 kishisi - 2024. Forbes reytingi

AQShning Forbes jurnali dollarlik milliarderlarning 38-jahon reytingini e'lon qildi. Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyalar guruhi prezidenti va bosh direktori Bernard Arno ketma-ket ikkinchi yil dunyoning eng boy milliarderlari reytingida...

Bill Geyts: "Microsoft asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Bill Geytsning to‘liq tarixi va tarjimai holi. Bill Geyts muvaffaqiyatining siri va u qanday qilib dunyodagi eng mashhur odam bo‘lishga muvaffaq bo‘lganini batafsil bilib oling. Qiziqarli faktlar, kitoblar va filmlar...

Ikkinchi jahon urushi haqida qiziqarli faktlar

Ikkinchi jahon urushi 1939 yil 1 sentyabrdan 1945 yilning 2 sentyabriga qadar davom etgan bo’lib, insoniyat tarixidagi eng yirik qurolli urush hisoblanadi. Bu urushda o’sha davrda mavjud bo’lgan 73 ta davlatlardan 62 tasi ishtirok etgan – bu...

Dyufaston – qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma (Mutaxassislar uchun)

Dyufaston tarkibi1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 10 mg didrogesteron; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, gipromelloza, makkajoʻxori kraxmali, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati. qobigʻi: oq Opadri OY-1-7000...



Fikr qo'shish

Наверх