GO‘NG VA TEZAK (SARGIN) Ibn Sirinning aytishicha, ot va sigirning go‘ngi molu ne’matni bildiradi. Tushida ko‘p go‘ngni ko‘rsa, molu ne’matning ko‘p hosil bo‘lishiga dalildir. Erkak kishining go‘ngi harom moldir. Agar o‘z joyini ifloslab qo‘yganini ko‘rsa, molidan ba’zi qismini ba’zi ayoliga sarf qilishiga dalildir. Agar hojat ushatib, axlatini tuproq bilan bekitayotganini ko‘rsa, o‘z molini yerga ko‘mib, bekitishiga dalildir. Agar odam go‘ngini yeyayotganini ko‘rsa, harom mol yeyishiga yoki harom molni qo‘lga kiritishiga dalildir. Agar noma’lum bir joyga hojat ushatganini ko‘rsa, o‘z molini foyda va savob bo‘lmaydigan bir ishga sarf etishiga dalildir. Agar boshdanoyoq badani axlat bilan bo‘yalganini ko‘rsa, birorta gunoh qilishiga dalildir.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladiBOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...
Tushda go'shtlar, go'sht ko'rsa nima bo'ladiGO‘SHTLAR (GO‘SHTHO) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushda suvda pishirilgan go‘sht qovurilgan go‘shtdan yaxshiroq bo‘ladi, qovurilgan go‘pgg esa xom go‘shtdan yaxshirokdir....
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladiOLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...
Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladiSOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...
Tushda echki ko'rsa nima bo'ladiECHKI (BO‘Z) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda echki ulug‘ bir kishini bildiradi. Moda echki esa ayolni bildiradi. Agar notanish echkini o‘ldirganini ko‘rsa, ulug‘ bir kishining g‘alaba qazonishini anglatadi. Agar echkining po‘stini shilib...