7 MO‘JIZA: Olimpdagi Zevs haykali haqida nimalarni bilishingiz kerak

7 MO‘JIZA: Olimpdagi Zevs haykali haqida nimalarni bilishingiz kerak

Olimpdagi Zevs haykali Eramizdan avvalgi 5 asrda yunon haykaltaroshi Fidiy tomonidan yasalgan. Bu haykal Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan Olimp tog‘idagi Zevs ibodatxonasining markazida bo‘lgan. Bu haykaltarosh Fidiyning shedevri edi.

Yunon xudolari qiroli Zevsning o‘tirgan haykali 12 metrni tashkil qilgan va qalay va oltindan ishlangan. Eramizning 6 asrida yuz bergan kuchli zilzila va keyinchalik Konstantinopolning yoqib yuborilishi oqibatida buzilib ketgan.

Gretsiyaning janubida, Olimp tog‘lari etagida, Olimpiada o‘yinlari vatanida shuhrati olamga taralgan ibodatxona bo‘lib, uning to‘rida yunonlarning oliy xudosi- Zevs qiyofasi tasvirlangan haykal o‘rnatilgan. Bu haykal o‘z zamonasining mashhur haykaltaroshi Fidiy tomonidan 2400-yildan ko‘proq vaqt ilgari, miloddan avvalgi 5-asrda yasalgan.
Zevs haykali- to‘rtinchi «mo‘jiza»dir. Haykal nihoyatda ulug‘vor bo‘lib, balandligi 14 metr. Zevs xudosi oltin, fil suyagi, qora daraxt va qimmatbaho toshlardan ishlangan taxtda o‘tirgan. Uning boshi zaytun daraxti novdalaridan yasalgan gulchambar bilan bezatilgan. Bu — xudolar va odamlar hukmdori, osmon, momaqaldiroq xudosining tinchliksevarligi belgisi.
Zevsning boshi, yelkasi, qo‘Pap fil suyagidan ishlangan, chap yelkasiga tashlangan kiyimi, sochi va soqoli oltindan yasalgan. Fidiy Zevsni insonlarga xos olihimmat qiyofada ifodaladi. Uning soqol bilan qoplangan va sochlari to‘zg‘igan qiyofasida faqat salobat, ulug‘vorlik emas, olijanoblik, ezgulik balqib turadi.

Go‘uo uning lablarida hozir tabassum paydo bo‘ladiyu, azimkor qaddini rostlab, taxtdan turadiganday tuyuladi. Afsuski, bu haykal ham bizgacha yetib kelmagan: yong‘in vaqtida batamom vayron bo‘lgan. Hozirgi vaqtda tarixchilar yunon yilnomachilari yozib qoldirganma'lumotlar asosida Zevs
haykalini tasvirlab bermoqdalar.



O'hshash ma'lumotlar

Dunyoning eng boy 20 kishisi - 2024. Forbes reytingi

AQShning Forbes jurnali dollarlik milliarderlarning 38-jahon reytingini e'lon qildi. Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyalar guruhi prezidenti va bosh direktori Bernard Arno ketma-ket ikkinchi yil dunyoning eng boy milliarderlari reytingida...

Bill Geyts: "Microsoft asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Bill Geytsning to‘liq tarixi va tarjimai holi. Bill Geyts muvaffaqiyatining siri va u qanday qilib dunyodagi eng mashhur odam bo‘lishga muvaffaq bo‘lganini batafsil bilib oling. Qiziqarli faktlar, kitoblar va filmlar...

Stiv Jobs - Apple asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Orzularimga erishish uchun kollejni tashlab ketdim. Stiv Jobsning tarjimai holi bir hodisaning hikoyasidir. U haqiqatan ham dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan aqldan ozgan odam edi va tan olaylik, u buni qildi. Bugungi kunda Stiv Djobs nomi...

Ikkinchi jahon urushi haqida qiziqarli faktlar

Ikkinchi jahon urushi 1939 yil 1 sentyabrdan 1945 yilning 2 sentyabriga qadar davom etgan bo’lib, insoniyat tarixidagi eng yirik qurolli urush hisoblanadi. Bu urushda o’sha davrda mavjud bo’lgan 73 ta davlatlardan 62 tasi ishtirok etgan – bu...

Hazilga o'xshash 9 ta haqiqiy tarixiy fakt

1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...



Fikr qo'shish

Наверх