Forex (valyuta birjasi) Forex bozori haqida nimalarni bilishingiz kerak

Forex (valyuta birjasi) Forex bozori  haqida nimalarni bilishingiz kerak

Forex (valyuta birjasi)
 Hammaga Salom! bir necha yildirki man forex bilan shug‘ullanib kelmoqdaman. Afsuski shu vaqtgacha, ham suxbat bo‘la oladigan va man bilan baravar yangiliklarni bo‘lisha oladigan odamni topganim yo‘q.  Shu maqsadda ushbu blogni olib borishga qaror qildim.

O‘ylaymanki forex va fond birja haqida bilmaganlarni o‘rganasizlar, yetarlicha opitga ega insonlar esa o‘zlarini uslublari bilan bo‘lishadilar degan umiddaman!
Balki O‘zbekistonda ham Forex bilan shug‘ullanuvchilar ko‘p bo‘lsa kerak. Agarda quydagi ma’lumot kimgadir kerak bo‘lgan bo‘lsa, va siz ham Forexga qiziqsangiz o‘z habaringizni qoldiring va ushbu mavzuga tegishli qanday ma’lumot bo‘lishni hohlardingiz?

Forex bu nima ?– Foreign Exchange Market (Valyuta birjasi) ushbu bozorda dunyoning bir necha valyutalari oldi sotdi kechadigan no markazlashgan birja turi hisoblanadi.

Siz haftaning 5 kuni, 24 soat mobaynida oldi sotdi qilishingiz mumkin. Mendan bu haqda so‘rashsa darrov valyuta almashish shahobchasini misol keltiraman. Ana shu jarayon dunyo miqyosida qonuniy ravishda olib boriladi. Buning uchun sizga kompyuter va internet bo‘lsa bas, hattoki $10 bo‘lsa ham siz bu ishni boshlashingiz mumkin.
Forexning avfzallik jihatlari:
  • 1. Barcha uchun ochiq, har qanday inson ma’lum ro‘yhatni to‘ldirib ishlashi mumkin.
  • 2. Haftaning 5 kuni, 24 soat mobaynida bu bozor mavjud.
  • 3. Likvidlilik – hohlagan vaqtingizda pulni qo‘yishingiz va yechib olishingiz mumkin. Buning uchun bir necha yo‘llar mavjud
  • 4. Eng yutuq tarafi esa bu yerda qancha pul ishlashingiz belgilanmagan. Tarixda bo‘lgan voqealardan biri Jorj Soros bir necha oy ichida Angliya bankini bonkrot qiladigan darajada katta pul ishlagan.
Buning uchun sizga, Forex bilan to‘liq tanishishingiz va o‘z ishlash sistemangizga ega bo‘lishingiz kifoya.
O‘z tajribamdan kelib chiqgan holda shuni aytishim mumkinki bor yo‘g‘i $10 bilan boshlash 1 oy davomida $30gacha olib chiqishingiz mumkin. Bu degani har qanday summani 200% demakdir. Albatta bunda risk darajasi yuqori bo‘ladi. Shunga yarasha foyda ham katta.



O'hshash ma'lumotlar

Dunyoning eng boy 20 kishisi - 2024. Forbes reytingi

AQShning Forbes jurnali dollarlik milliarderlarning 38-jahon reytingini e'lon qildi. Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyalar guruhi prezidenti va bosh direktori Bernard Arno ketma-ket ikkinchi yil dunyoning eng boy milliarderlari reytingida...

Binance : asoschisi Changpeng Chjao haqida nimalarni bilishingiz kerak

Kambag‘al xitoylik oilada tug‘ilgan kishi 96 milliard dollar ishlab, Forbes reytingida Osiyoning eng boy rezidentini ortda qoldirib, o‘n birinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi....

Bill Geyts: "Microsoft asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Bill Geytsning to‘liq tarixi va tarjimai holi. Bill Geyts muvaffaqiyatining siri va u qanday qilib dunyodagi eng mashhur odam bo‘lishga muvaffaq bo‘lganini batafsil bilib oling. Qiziqarli faktlar, kitoblar va filmlar...

Stiv Jobs - Apple asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Orzularimga erishish uchun kollejni tashlab ketdim. Stiv Jobsning tarjimai holi bir hodisaning hikoyasidir. U haqiqatan ham dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan aqldan ozgan odam edi va tan olaylik, u buni qildi. Bugungi kunda Stiv Djobs nomi...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...



Fikr qo'shish

Наверх