AYOL BOR BO‘LSIN

Bizlar uxlab yotgan bir onda,
Saharlikka turib azonda,
Masalliqni solib qozonda,
Taom qilgan ayol bor bo‘lsin,
Nomalari savobga to‘lsin.

“Taom pishdi, tur, o‘g‘lim, qizim,
Ro‘za tuting, quvonsin ko‘zim,
Girgittonim bo‘layin o‘zim”, —
Deb ilingan ayol bor bo‘lsin,
Nomalari savobga to‘lsin.


Tarovehni kechasi o‘qib,
Kunduz kuni ro‘zani tutib,
Ishdan kelgan erini kutib,
Eshik ochgan ayol bor bo‘lsin,
Nomalari savobga to‘lsin.

Hamir qorib, nonlarni yopib,
Sho‘x bolasin ortidan chopib,
Barcha ishni do‘ndirib yotib,
Charchamagan ayol bor bo‘lsin,
Nomalari savobga to‘lsin.

Bir ko‘tarim kirlarni poklab,
Yirtiq joy bo‘lsa gar choklab,
Dazmol qilib, javonga taxlab,
Erinmagan ayol bor bo‘lsin,
Nomalari savobga to‘lsin.

Haq so‘ramay qilgan ishiga,
Dardi bo‘lsa, yutib ichiga,
Eshik ochmay bir yot kishiga,
Pok yashagan ayol bor bo‘lsin,
Nomalari savobga to‘lsin.



O'hshash ma'lumotlar

Dunyodagi eng nufuzli universitetlar: Kembrij haqida nimalarni bilishingiz kerak

Kembrij universiteti Buyuk Britaniyadagi ikkinchi eng qadimgi universitet va dunyodagi eng nufuzli universitetlardan biridir....

Bir erkak ayolini juda qattiq sevardi, ayoli ham erini qattiq sevardi...

Er xar kuni ishdan kelganda ayoli doim undan shubhalanib, begona ayoli bor deb, erini "Tintuv" qilar edi. Ishdan biroz kechiksa uyga kelganda "Tuhmat"lar bilan bezab kutib olar edi......

Ayrim yosh kelin-kuyovlarning qovusha olmaslik sabablari

Uchinchi ming yillikning dastlabki asri — axborot asri sifatida e’tirof etilayotir. Darhaqiqat, jahon afkor ommasi tobora axborotlar girdobiga tushib qolmoqda. Ko‘plab shov-shuvlar, ilmiy manbalar bilan qorishib ketib, fisqu fujur tarzidagi...

Tushda daraxtlar ko'rsa nima bo'ladi

DARAXTLAR (DARAXTON) Doniyol (a.s.) aytadilar: Tushdagi odamlar uchun qadrli bo‘lgan daraxt azizi va ulug‘ kishi bo‘ladi. Qadrsiz daraxt esa pastkash kishi bo‘ladi. Mevali daraxt badavlat kishiga dalil, mevasiz esa faqir kishiga dalil. Bog‘da...

Tushda taom ko'rsa nima bo'ladi

TAOM (TAOM) Doniyol (a.s.) aytadilarki, yetilib pishgan har qanday taom va sharbatlar, faqat meva shirasidan tashqari, ta’biri yomon bo‘ladi. Asosi yog‘ va asaldan iborat bo‘lgan shirinlikning ta’biri moldir....



Fikr qo'shish

Наверх