Diydorlashaylik

Yaqinlarim qadrdonlarim, 
Ko‘ksimdagi aziz jonlarim, 
Opa uka, singiljonlarim, 
Keling bugun diydorlashaylik. 

Qondoshlarim sog‘misiz omon, 
Mehringizga tashna bo‘ldi jon, 
Diydoringiz sog‘indim yomon, 
Keling bugun diydorlashaylik. 


Jigargo‘sham mehribon ukam, 
Injiqligim ko‘targan akam
Sizsiz menga tor ekan olam, 
Keling bugun diydorlashaylik. 

Diydor shirin bo‘lmaydi sizsiz, 
Baxt omadim kulmaydi sizsiz
Yarim ko‘nglim to‘lmaydi sizsiz, 
Keling bugun diydorlashaylik. 

Ko‘rishmadik bahor qishlari, 
Qurib ketsin g‘am tashvishlari, 
To‘xtab tursin dunyo ishlari, 
Keling bugun diydorlashaylik. 

Mehringizdan kuyib yonaman, 
Sizdan shodlik, quvonch olaman, 
Kelmasangiz o‘zim boraman, 
Keling bugun diydorlashaylik.



O'hshash ma'lumotlar

Ammajonimsiz

Samimiy shirin so‘z Ammajonimsiz, Tomirda jo‘sh urgan mening qonimsiz, Xomush bo‘lsam men goh, ko‘nglim ko‘targan, Ishongan, suyangan ammajonimsiz....

ONAJONIM

Onamga o‘xshaydi ko‘zingiz Opa, Otamga o‘xshaydi yuzingiz Opa, Otam-u onamdan keyin men uchun Eng yaqin insonim o‘zingiz Opa!!!...

Bugun 24 mart — Xalqaro erkaklar birdamligi kuni ekan...

Birodarim, bugun diydor ko‘rishaylik! Yaratganning har bir kuni bizga bayram, Tong saharda bomdod uchun turishaylik. Farishtalar bunda qilar ekan sayram, Birodarim, bugun diydor ko‘rishaylik!...

Tushda sham ko'rsa nima bo'ladi

SHAM (SHAM’) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi sham davlat, izzat va ne’mat bo‘ladi. Agar tushida qo‘lida sham yonib turganini ko‘rsa, izzati, ne’mati va davlati ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar uyida sham yonib turganini va xona nurdan...

Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladi

QO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...



Fikr qo'shish

Наверх