Tushda sham ko'rsa nima bo'ladi

SHAM (SHAM’) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi sham davlat, izzat va ne’mat bo‘ladi. Agar tushida qo‘lida sham yonib turganini ko‘rsa, izzati, ne’mati va davlati ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar uyida sham yonib turganini va xona nurdan ravshan ekanini ko‘rsa, shu yili uning uchun ne’mat farovon bo‘lishiga dalildir.

Agar tushida birovning qo‘lidagi yonib turgan shamni tortib olganini ko‘rsa, birovdan izzat va quvvat olishiga dalildir. Agar yonib turgan shamni kimdir o‘ziga berganini ko‘rsa, bir ulug‘ oiladan xotin olishiga dalildir. Agar tushida kumush shamdonni ko‘rsa, oladigan xotini nasli toza bo‘lishiga dalildir. Agar shamdon tilladan ekanini ko‘rsa, oladigan xotini baquvvat va botir odamlardan bo‘ladi. Agar shamdon qo‘rg‘oshindan bo‘lsa, o‘sha xotin mullalar oilasidan bo‘ladi. Agar shamdon sopoldan bo‘lsa, oladigan xotini oddiy odamlardan bo‘ladi.


Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida yonib turgan shamning o‘chib qolganini ko‘rsa, xotini o‘lishiga dalildir. Agar xotini bo‘lmasa, ahvoli yomon bo‘lishini bildiradi. Agar bir kishi uning qo‘lida turgan shamni o‘chirib qo‘yganini ko‘rsa, bir odam unga hasad qilishiga dalildir. Qo‘lida sham borligini, biroq u yondirilmaganini ko‘rsa, yuqorida aytib o‘tilgan narsalardan biroz naf ko‘rishiga dalildir. Agar xotini bo‘lsa, o‘g‘il tug‘adi, agar musofir bo‘lsa, xotin oladi yoki kanizak sotib oladi, agar g‘oyibda bo‘lsa, safardan qaytadi. Agar o‘z shahrida shamlarning yonib turganini ko‘rsa, shahar podshohining odil va adolatparvar ekaniga, qozilarining insofli bo‘lishiga, olimlarining zohid bo‘lishiga, xalqning oromda bo‘lishiga, shaharda xurramlik ko‘p bo‘lishiga dalildir. Agar tushida masjid va madrasalarda shamlarning yonib turganini ko‘rsa, shahar odamlari toat va ibodatga mashg‘ul bo‘lishiga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi sham o‘n to‘rt narsaga dalildir: podshohga; qoziga; farzandga; to‘yga; mansabga, ulug‘likka; saroyga; shodlikka; ilmga; badavlatlikka; ayshga; kanizakka; xotinga; tush ko‘ruvchining ko‘rgan narsasiga.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda tog' ko'rsa nima bo'ladi

TOG‘ (KO‘H) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida o‘zini baland tog‘ ustida ekanini va bu tog‘ o‘zining mulki ekanini ko‘rsa, bir ulug‘ kishi uni o‘z himoyasiga olishiga dalildir. Tushida tog‘ni o‘z joyidan qo‘porib yuborganini ko‘rsa, birulug‘...

Tushda tuya, tuya bolasi ko'rsa nima bo'ladi

TUYA (UShTUR) Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Agar kishi o‘zini shitob bilan yurib ketayotgan notanish tuya ustida ko‘rsa, safarga borishiga dalildir. Agar tuya ustida o‘tirganini va yo‘lini yo‘qotib qo‘yganini ko‘rsa, o‘zi uchun kerakli yo‘lning qayerda...

Tushda uzuk ko'rsa nima bo'ladi

UZUK (ANGUSHTARIY) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, naqshli chiroyli uzukni ko‘rsa, uzuk sohibidan unga xayriyat va yaxshilik yetishiga dalildir. Agar bir kishi unga uzuk berib, uzukka muhr qilishini so‘rasa, nimaiki unga loyiq bo‘lsa, o‘shani...

Tushda xurmo, xurmo mevasi ko'rsa nima bo'ladi

XURMO Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi xurmo mol va boylik bo‘ladi. Tushida xurmo yeganini ko‘rsa va yeyuvchi ilm ahlidan bo‘lsa, ilmining ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar savdogar bo‘lsa, moli ziyoda bo‘lishiga dalildir....

Tushda echki ko'rsa nima bo'ladi

ECHKI (BO‘Z) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda echki ulug‘ bir kishini bildiradi. Moda echki esa ayolni bildiradi. Agar notanish echkini o‘ldirganini ko‘rsa, ulug‘ bir kishining g‘alaba qazonishini anglatadi. Agar echkining po‘stini shilib...



Fikr qo'shish

Наверх