Jonim opam

Mening mehribon mehrligim,
Tanhogina qadrligim,
Matonatli sabrligim,
Jon opam jonim opam!

Yuzlari to‘lin oyim,
O‘zimning gulchiroyim,
Ipakdek ko‘ngli muloyim,

Jon opam jonim opam!

Tong misol beg‘uborim,
Yolg‘izim betakrorim,
Gulu, rayhon bahorim,
Jon opam jonim opam!

Dildan yaxshi ko‘rganim,
Doim holim so‘rganim,
Onam kabi yaqinim,
Jon opam jonim opam!

Mening mehrigiyoyim,
Qalbi esa daryoyim,
Dunyo ichra dunyoyim,
Jon opam jonim opam!



O'hshash ma'lumotlar

Singlim

Uyimizning eng erkatoyi, Farishtasi, hur kichkintoyi, Quvnatadi ko‘nglimni doim, Onam kabi mehribon singlim....

O'zimning jigarlarim

Minglarga kirib yuring, Qirq mayizni yeganlarim, Dunyo turguncha turing, O‘zimning jigarlarim....

Uzum asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Xalqaro investorlarning O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotgan bir sharoitda Uzumning fintech ekotizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda – zamonaviy texnologiyalar, mahalliy xususiyatlarni chuqur anglash va o‘sish strategiyasini uyg‘unlashtirgan...

Ota-onalarning 6 turi va ular bilan qanday qilib to'g'ri munosabatda bo'lish kerak

Agar kimdir sizning hayotingizni buzsa, siz o'tirolmaysiz. Garchi bu odamlar sizning ota-onangiz bo'lsa ham....

Tushda rayhon ko'rsa nima bo'ladi

RAYHON Tushda rayhonning yashil va xushbo‘y ekanini ko‘rsa, farzandga dalil bo‘ladi. Tushida rayxonni yerdan yulib olganini ko‘rsa, yig‘i va g‘amga dalolat qiladi....



Fikr qo'shish

Наверх