Chiroyligim onam

Duo qilib yonimda hardam, 
Mehribonim doimo malham, 
Ko‘zlarimda ko‘rsatmaydi nam, 
Chiroyligim, munisim onam. 
 
Erkalatar, silaydi boshim, 
Dardim olib, artadi yoshim, 
Farishtamda jannat quyoshim, 
Chiroyligim, eng zo‘ri onam. 

 
O‘ziz asrang, horib qolibsiz, 
Ro‘zg‘or deya, charchab tolibsiz, 
O‘ziz kiymay, bizga olibsiz, 
Chiroyligim, munisim onam. 
 
Qiynamasin sizni dard-alam, 
Qoshingizga yarashar qalam, 
Doim deysiz, bolam-a bolam, 
Chiroyligim, eng zo‘ri onam. 
 
Siz borsizki, ko‘ksim keraman, 
Eng chiroylik gular teraman, 
Jonim tugul, borim beraman, 
Chiroyligim, munisim onam. 
 
O‘ziz o‘ylab, oling endi dam, 
Ne kiysangiz, yarashar biram, 
Ko‘rmang endi ikki dunyo g‘am, 
Chiroyligim, eng zo‘ri onam.



O'hshash ma'lumotlar

O‘ZINGIZNI ASRANG O‘ZINGIZ

Dunyoning hech bitmaydi ishi , Tugamaydi chop- chop , tashvishi, Kelmasidan hayotning qishi , O‘zingizni asrang o‘zingiz ......

To‘lg‘oq – alomatlari, kechishi, to‘lg‘oqni tezlashtirish va dardni yengillashtirish usullari

Homiladorlikning oxirgi uch oyligi ayol uchun eng hayajonli davr hisoblanadi. Tug‘ruq jarayoni yaqinlashgan sari, ayollarda savollar ham ko‘paya boradi. Ulardan eng ko‘p so‘raladigani to‘lg‘oq qanday boshlanadi, ayol kishi nimalarni his qiladi,...

Tushda malham ko'rsa nima bo'ladi

MALHAM (MARHAM) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida biror kishi badanidagi yaraga malham qo‘yganini ko‘rsa,din ishlarining yaxshi va sozligiga dalildir. Tushida malham yeganini ko‘rsa, harom yeyishiga va anduh hamda zarar yetishiga dalildir....

Tushda duo qilmoq ko'rsa nima bo'ladi

DUO QILMOQ (DUO KARDAN) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushda duo qilish hojatlarning ravo bo‘lishidir. Tushida o‘zi haqida duo qilayotganini va Xudodan kechirim so‘rayotganini ko‘rsa, ishlarining oqibati yaxshi bo‘lishi va hojatlari yuzaga chiqishini...

Tushda qalam, ruchka ko'rsa nima bo'ladi

QALAM (QALAM) Ta’birchilar qalam ta’biri haqida har xil fikrdalar. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, qalam Haq amri bo‘lib, Haq ta’oloning Qalam va Lavhi mahfuzga ehtiyoji yo‘q....



Fikr qo'shish

Наверх