O‘ZINGIZNI ASRANG O‘ZINGIZ

Dunyoning hech bitmaydi ishi ,
Tugamaydi chop- chop , tashvishi,
Kelmasidan hayotning qishi ,
O‘zingizni asrang o‘zingiz ...

To keksayib qolgunicha yosh,
Chaynamoqqa malol bo‘lmay osh ,
Qolib ketmay yostiqlarda bosh,
O‘zingizni asrang o‘zingiz ...

Turmush- mushtdir, ro‘zg‘or esa g‘or,
To‘ldi desang bir kami tayyor,
Kelmaysiz- ku dunyoga takror,
O‘zingizni asrang o‘zingiz ...

Qarab qolmang nokas qo‘liga,
Yo‘lni solmay pushmon cho‘liga ,
G‘arq bo‘lmasdan armon ko‘liga.
O‘zingizni asrang o‘zingiz ...

Qay kimsalar botib gunohga,
Yuragingiz to‘ldirsa ohga,
Havolani qo‘yib  Allohga,
O‘zingizni  asrang o‘zingiz ...

Ota- ona eng aziz inson,
Sog‘ bo‘lsangiz dillari shodon,
Mushkullarin qilgancha oson,
O‘zingizni asrang o‘zingiz...

Munosibga siz ham arzingiz,
Ado aylang sunnat,  farzingiz,
Juftingizdan ko‘pdir qarzingiz,
O‘zingizni asrang o‘zingiz...

Farzandingiz kamolin tilab ,
Xush niyatni duoga o‘rab,
Yaratgandan baxtlarin so‘rab,
O‘zingizni asrang o‘zingiz...

Haqqingiz bor dildan kulishga,
Tongdek otib, oydek to‘lishga ,
Arziysiz-da baxtli bo‘lishga,
O‘zingizni  asrang o‘zingiz ...

Arziysiz-da baxtli bo‘lishga,
O‘zingizni asrang o‘zingiz...

Muallif :    Xazonrezgi



O'hshash ma'lumotlar

Dunyoning eng boy 20 kishisi – 2026. Forbes reytingi

Forbes USA dollar milliarderlarining 40-global reytingini e'lon qildi. Elon Musk yana bir bor dunyoning eng boy milliarderlari ro'yxatida birinchi o'rinni egalladi. Google asoschilari Larri Peyj (2-o'rin) va Sergey Brin (3-o'rin) ikkinchi va...

Dunyoning eng boy 20 kishisi - 2024. Forbes reytingi

AQShning Forbes jurnali dollarlik milliarderlarning 38-jahon reytingini e'lon qildi. Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyalar guruhi prezidenti va bosh direktori Bernard Arno ketma-ket ikkinchi yil dunyoning eng boy milliarderlari reytingida...

Stiv Jobs - Apple asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Orzularimga erishish uchun kollejni tashlab ketdim. Stiv Jobsning tarjimai holi bir hodisaning hikoyasidir. U haqiqatan ham dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan aqldan ozgan odam edi va tan olaylik, u buni qildi. Bugungi kunda Stiv Djobs nomi...

O’g’il ko’rish – sirlari, kalendari va homila jinsini aniqlash usullari

Tug’ilajak farzandning o’g’il bo’lishini istovchilar uchun bir qator ehtimoliy usullar mavjud. Bu usullardan foydalanib o’g’il ko’rish darajasi 100 %ga yaqinlashadi. Ammo, o’g’il ko’rish uchun aniq kafolatlangan hech qanday holatlar yo’q va bu inson...

Ayrim yosh kelin-kuyovlarning qovusha olmaslik sabablari

Uchinchi ming yillikning dastlabki asri — axborot asri sifatida e’tirof etilayotir. Darhaqiqat, jahon afkor ommasi tobora axborotlar girdobiga tushib qolmoqda. Ko‘plab shov-shuvlar, ilmiy manbalar bilan qorishib ketib, fisqu fujur tarzidagi...



Fikr qo'shish

Наверх