Jim-jit gruppalarga!

Sen nimaga yozmaysan, 
Sen nega jimsan gapir.
Sms kutaverib, 
Tugab bitdiku sabr.

O‘qiysanu yozmaysan,
Bir chekkada bo‘ylama.
Onlayn turibsanku,
Bilmaydi deb o‘ylama.

Goh- goh ochib qo‘yasan,

Ko‘ngil eshigin qiya.
Goh kartinka tashlaysan,
"Juma muborak!" - deya.

A mundoq sog‘intirib,
Ko‘rinib ham yuringlar.
Dumaloq videolardan,
Tashlab - tashlab turinglar!

Bu gruppa shunday gruppa,
Nomi boru, o‘zi yo‘q.
Padpischiki bir talay,
Yozadigan so‘zi yo‘q.

To‘qqiz bo‘lmasdan hammang,
Kirvolasan ko‘rpaga.
Yozmasang yopib tashla,
Balo bormi gruppaga.



O'hshash ma'lumotlar

Yandex asoschilari haqida nimalarni bilishingiz kerak

Yandex-ni hamma biladi. Ammo uning tarixi - muvaffaqiyatining sirini kam odam biladi. Biz tushuntiramiz: qidiruv tizimi g‘oyasi qanday tug‘ilgan; 2000-yillarning boshlarida Yandex qanday qilib Ramblerni ortda qoldirdi; qanday qilib Google hali ham u...

Uzum asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Xalqaro investorlarning O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotgan bir sharoitda Uzumning fintech ekotizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda – zamonaviy texnologiyalar, mahalliy xususiyatlarni chuqur anglash va o‘sish strategiyasini uyg‘unlashtirgan...

Ilon Mask: kelajak odami haqida nimalarni bilishingiz kerak

Ilon Mask - sayyoradagi eng boy odam, innovator, Tesla, SpaceX asoschisi va Twitter egasi. Insoniyatni Marsga ko‘chirishni va Mark Tsukerbergga qarshi kurashishni rejalashtirgan tadbirkor. Mask yana nima bilan mashhur?...

O’g’il ko’rish – sirlari, kalendari va homila jinsini aniqlash usullari

Tug’ilajak farzandning o’g’il bo’lishini istovchilar uchun bir qator ehtimoliy usullar mavjud. Bu usullardan foydalanib o’g’il ko’rish darajasi 100 %ga yaqinlashadi. Ammo, o’g’il ko’rish uchun aniq kafolatlangan hech qanday holatlar yo’q va bu inson...

Ayrim yosh kelin-kuyovlarning qovusha olmaslik sabablari

Uchinchi ming yillikning dastlabki asri — axborot asri sifatida e’tirof etilayotir. Darhaqiqat, jahon afkor ommasi tobora axborotlar girdobiga tushib qolmoqda. Ko‘plab shov-shuvlar, ilmiy manbalar bilan qorishib ketib, fisqu fujur tarzidagi...



Fikr qo'shish

Наверх