Hovlidagi to‘y!

Ey do‘stim maqtama og‘iz to‘ldirib
Hashamdor bezalgan bazmgohni qo‘y
Kecha hammamizni o‘ynab kuldirib
Boshqacha o‘tardi hovlidagi to‘y

Qarindosh urug‘lar xizmatga shaylab
Ikki uch kun avval kelar ataylab
Mehr oqibatni asrab avaylab
Boshqacha o‘tardi hovlidagi to‘y

Balkida nimadir kamimiz bo‘lgan
Ammo na tashvishu g‘amimiz bo‘lgan
Eng go‘zal eng shirin damimiz bo‘lgan
Boshqacha o‘tardi hovlidagi to‘y

Oddiy bezatilgan, oddiy dasturxon

Fazyga to‘la edi lek o‘sha zamon
Yodimdan chiqmaydi eslasam hamon
Boshqacha bo‘lardi hovlidagi to‘y

Bolalar bolalik gashtin bilardi
Ertadan kechgacha o‘ynab kulardi
Yetti ko‘cha naridan odam kelardi
Boshqacha bo‘lardi hovlidagi to‘y

Qo‘shnilar xizmatdan qochmagan zamon
Oshiqib borardik to‘yxona tomon
U ham davr ekan eh omon omon
Boshqacha bo‘lardi hovlidagi to‘y

Yodimga tushganda, hayolga boshlar
Bir chetda bolalar tashigan oshlar
Eslasam ko‘zimga keladi yoshlar
Boshqacha bo‘lardi hovlidagi to‘y

Sodda odamlarga to‘lganda davra
Yurakdan berilib o‘ynardi hamma
Yoshlikni unutib bo‘lmagan damda
Boshqacha bo‘lardi hovlidagi to‘y

Sog‘inib eslayman endi nachora
U kunlar ortiga qaytmas bir bora
Bugun tasmalarda ko‘ramiz zora
Boshqacha bo‘lardi hovlidagi to‘y

Duoga qo‘l ochgan bobolar qani
Yuzi farishtadek momolar qani
Bugun sog‘intirar bunchalar mani
Boshqacha o‘tardi hovlidagi to‘y.



O'hshash ma'lumotlar

Canon: muvaffaqiyat tarixi

Bugungi kunda Canon megakorporatsiyasi birinchi navbatda ofis uskunalari ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi: printerlar va faks mashinalaridan tortib skaner va nusxa ko‘chirish mashinalarigacha. Fotosurat uskunalari kompaniyaning umumiy mahsulotining...

Avitsenna yoki Abu Ali ibn Sino haqida nimalarni bilishingiz kerak

Avitsenna - o‘rta asrlarning ajoyib olimi, shifokori, faylasufi, shoiri, musiqachisi....

Stiv Jobs - Apple asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Orzularimga erishish uchun kollejni tashlab ketdim. Stiv Jobsning tarjimai holi bir hodisaning hikoyasidir. U haqiqatan ham dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan aqldan ozgan odam edi va tan olaylik, u buni qildi. Bugungi kunda Stiv Djobs nomi...

Chala tug‘ilgan bolalar – fiziologiyasi, rivojlanishi va parvarishlash asoslari

Bola dunyoga kelgandan boshlab jadal o‘sa boshlaydi. Bu davrda bolalar juda nozik bo‘lishadi. Ayniqsa muddatidan avval tug‘ilgan chaqaloqlar juda nimjon va zaif bo‘ladilar....

Ayrim yosh kelin-kuyovlarning qovusha olmaslik sabablari

Uchinchi ming yillikning dastlabki asri — axborot asri sifatida e’tirof etilayotir. Darhaqiqat, jahon afkor ommasi tobora axborotlar girdobiga tushib qolmoqda. Ko‘plab shov-shuvlar, ilmiy manbalar bilan qorishib ketib, fisqu fujur tarzidagi...



Fikr qo'shish

Наверх