Opamga

Mingta onadan ham mehri ziyoda,
Biz uchun erta-kech qo‘li duoda.
G‘animat atalmish ajib dunyoda
Opamning umrini uzoq qil, Tangrim.

Yuragi alamga, g‘amga to‘lmasin,
Dilda umidlari sira o‘lmasin.
Onamga o‘xshagan yuzi so‘lmasin

Opamning umrini uzoq qil, Tangrim.

Rayhonlar ochilsin har yonlarida,
Hasratlar kezmasin xayollarida.
Onamning hidi bor ro‘mollarida
Opamning umrini uzoq qil, Tangrim.

Alamda qalbimni ezdirmas sira,
Armonlar bog‘ini kezdirmas sira,
Onamning yo‘qligin sezdirmas sira
Opamning umrini uzoq qil, Tangrim.

Hayot osmonimda yulduzim, oyim,
O‘zing panohingda asragin doim.
O‘tinib so‘rayman sendan, Xudoyim
Opamning umrini uzoq qil, Tangrim.



O'hshash ma'lumotlar

Uzum asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Xalqaro investorlarning O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotgan bir sharoitda Uzumning fintech ekotizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda – zamonaviy texnologiyalar, mahalliy xususiyatlarni chuqur anglash va o‘sish strategiyasini uyg‘unlashtirgan...

WWW nima, World Wide Web qanday tuzilgan va uni kim ixtiro qilgan

Agar Internet kutubxona bo‘lsa, World Wide Web millionlab jildlar orasidan kerakli kitobni topishga yordam beradigan navigatsiya tizimidir....

Hayot haqida 45 ta qiziqarli fakt

Hayot - bu hayrat, hayrat va kashfiyotlarga to‘la aql bovar qilmaydigan sayohat. Biz atrofimizdagi dunyoni o‘rganyapmizmi, yangi narsalarni o‘rganyapmizmi yoki tabiiy dunyoning go‘zalligini qadrlash uchun vaqt ajratamizmi, har doim kashf qilish...

O’g’il ko’rish – sirlari, kalendari va homila jinsini aniqlash usullari

Tug’ilajak farzandning o’g’il bo’lishini istovchilar uchun bir qator ehtimoliy usullar mavjud. Bu usullardan foydalanib o’g’il ko’rish darajasi 100 %ga yaqinlashadi. Ammo, o’g’il ko’rish uchun aniq kafolatlangan hech qanday holatlar yo’q va bu inson...

Tushda bog' ko'rsa nima bo'ladi

BOG‘ KO‘RISH (BOG‘ DIDAN) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi bog‘ xotin bo‘ladi. Boqqa suv berayotganini ko‘rsa, xotini bilan yaqinlik qiladi. Boqqa suv berayotganini, biroq nam bo‘lmayotganini ko‘rsa, xotini uning yaqinlik qilishini...



Fikr qo'shish

Наверх