Ayollikning baxti

Yomondan bo‘lsa beri.
Boshda ko‘tarsa eri,
Og‘rimasa hech yeri,
Ayollikning baxti shu

Yeyarga bo‘lsa noni,
Qaynab tursa qozoni ,
Halovat topsa joni ,
Ayollikning baxti shu.

Tinsa uzatgan kizi,
Kelganda kulsa yuzi,
Baxtning sezilsa izi,

Ayollikning baxti shu.

Hayotidagi  tirgak,
O‘g‘li bo‘lsa sheryurak,
Bundan ortik ne kerak,
Ayollikning baxti shu.

Gar salomat onasi ,
Duoda qaynonasi,
Aytgum , keldi xonasi,
Ayollikning baxti shu.

 Nabirasi  qiyqirsa ,
«Buvijon» deb chaqirsa,
«Ketmayman» deb baqirsa,
Ayollikning baxti shu.

Kezgandayin farishta,
Uyi bo‘lsa sarishta,
Fayzi bo‘lsa turmushda
Ayollikning baxti shu.

Baxtdan entikkan oni,
Ushalganda  armoni, 
Toza bulsa osmoni,
Ayollikning baxti shu.



O'hshash ma'lumotlar

Yandex asoschilari haqida nimalarni bilishingiz kerak

Yandex-ni hamma biladi. Ammo uning tarixi - muvaffaqiyatining sirini kam odam biladi. Biz tushuntiramiz: qidiruv tizimi g‘oyasi qanday tug‘ilgan; 2000-yillarning boshlarida Yandex qanday qilib Ramblerni ortda qoldirdi; qanday qilib Google hali ham u...

Stiv Jobs - Apple asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Orzularimga erishish uchun kollejni tashlab ketdim. Stiv Jobsning tarjimai holi bir hodisaning hikoyasidir. U haqiqatan ham dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan aqldan ozgan odam edi va tan olaylik, u buni qildi. Bugungi kunda Stiv Djobs nomi...

To‘lg‘oq – alomatlari, kechishi, to‘lg‘oqni tezlashtirish va dardni yengillashtirish usullari

Homiladorlikning oxirgi uch oyligi ayol uchun eng hayajonli davr hisoblanadi. Tug‘ruq jarayoni yaqinlashgan sari, ayollarda savollar ham ko‘paya boradi. Ulardan eng ko‘p so‘raladigani to‘lg‘oq qanday boshlanadi, ayol kishi nimalarni his qiladi,...

Munajjimlar bashorati bo'yicha eng yaxshi erlar

Ayol turmushga chiqmoqchi bo'lsa, uni hech qanday kuch to'xtata olmaydi. Xo'sh, biz buni xavf ostiga qo'ymaymiz. Hali ham foydasiz! Lekin biz sizga mukammal erni topishga yordam beramiz. Aksincha, reytingni tuzgan munajjimlar zodiak belgisi bo'yicha...

Tushda kon topmoq ko'rsa nima bo'ladi

KON TOPMOQ (YoFTANI KONHO) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida kon kavlaganini va tilla koni topganini ko‘rsa, o‘z qadriga muvofiq ulug‘lik topishiga dalildir....



Fikr qo'shish

Наверх