Tushda qurtlar ko'rsa nima bo'ladi

QURTLAR (KIRMON) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida qornida ko‘plab qurtlar borligini va qornidagi ovqatlarni yeb qo‘yayotganlarini ko‘rsa, ayollar bir-birining mollarini yeyishlariga dalildir. Tushida badanidan uzun qurtlar tushayotganini, yana badani hamda liboslarida ko‘plab qurtlar borligini ko‘rsa, ko‘pgina mol, oila, va hashamat hosil bo‘lishiga dalildir. Tushida badanidagi qurtlarni yerga olib tashlayotganini ko‘rsa, o‘z xotinlarini o‘zidan uzoqlapggirishi va ularga qaramasligiga dalildir.


Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida badanining ba’zi joylarini kurt yeb qo‘yganini ko‘rsa, ahli oilasi uning molidan yeyishlariga dalildir. Tushida qurtlardan unga zarar yetayotganini ko‘rsa, ayollaridan unga ziyon yetishiga dalildir. Tushida burun, quloq, og‘iz yoki orqa teshikdan qurtlar chiqqanini ko‘rsa, uning mikdoricha moli yoki oila a’zosi ko‘payishiga dalildir. Tushida qurtlar badanidan yerga tushayotganlarini va o‘lib qolayotganlarini ko‘rsa, ahli oilasining halok bo‘lishi yoki undan judo bo‘lishlariga dalildir. Tushida uy to‘sinlari yoki boshqa narsalardan ko‘plab qurtlarning to‘kilayotganini ko‘rsa, uning mikdoricha moli, xodimlari ko‘payishiga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qurtlar uch narsaga dalil bo‘ladi: ayollarga; xizmatkorlarga; mol va boylikka.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda qorin ko'rsa nima bo'ladi

QORIN (SHIKAM) Qorinning ta’birida ta’birchilar uch fikrdalar, qorinning tashqarisi va ichkarisi ham moldir. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, farzand bo‘ladi. Kimning qorni och qolsa va hilqatidan biror narsa kamaysa, moli yoki bolasi ozayadi. Agar...

Tushda quyosh ko'rsa nima bo'ladi

QUYOSh (OFTOB) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, quyosh tushda podshoh yoki ulug‘ xalifa bo‘ladi. Quyoshning osmondan olayotganini ko‘rsa, podshohlik va ulug‘lik topadi yoki podshohning do‘sti yoki yaqiniga aylanadi. Agar quyoshga aylanib qolganini...

Tushda qush ko'rsa nima bo'ladi

QUSH (MURG‘) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qush qanchalik katta bo‘lsa, izlagan ishdagi himmati shunga ulug‘roq bo‘ladi. Tushida ko‘pincha qushlar bir yerga to‘planib, qiy-chuv qilayotganini ko‘rsa, o‘sha joydagi odamlarga g‘am va...

Tushda qo'y ko'rsa nima bo'ladi

QO‘Y (GO‘SPAND) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qo‘y harbiy o‘ljani bildiradi. Tushida qo‘ylarni o‘tlatib yurganini ko‘rsa, bir guruh ustidan ulug‘lik va rahbarlik topishiga dalildir. Qo‘ylarning ba’zisi oq, ba’zisi qora ekanini ko‘rsa,...

Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladi

QO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...



Fikrlar 3

Шахзода
Assalomu aleykum tushimda qora mayda qurtlar kaftlarimda yuribri ularning soni judayam kop qollarimni mahkam musht qivolyabman barmoqlarimmi yozishim bn kaftimdagi mayda siziqlar orasidan shunaqangi kop qoraa qurtlar chiqyabtiki qorqqanimdan nima qilishshi bilmay yuribman.
5 ноября 2021 04:08

Asatova yulduz
Assalomu Alekum tushumda oq kaltacha semiz qurtlar qornimni o'yib olib kirib olibdi yursam kirib chiqib yuribdi qornimdan xuddiki dumaloq to'pdek qilib o'yib olgandek qornimdagi joyi judayam ko'p qurtlar
7 апреля 2025 21:22

Камолиддин
Полда жудайам куп гуш куртлари биттаси мени ойогимни чака бошлади олип ташладим
17 мая 2026 07:53

Fikr qo'shish

Наверх