Tushda qirg'ovul ko'rsa nima bo'ladi

QIRG‘OVUL (TAZARV) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qirg‘ovul sotqin odam bo‘ladi, moda qirg‘ovul esa aldovchi ayoldir. Ta’birchilarning aytishicha, qirg‘ovul hiyla bilan qo‘lga kiritilgan harom mol bo‘ladi. Tushida qirg‘ovul ko‘rsa, xiyonatkor bir kishi bilan xusumatlashishiga dalildir. Agar moda qirg‘ovulni qo‘lga kiritganini ko‘rsa, vujudida yaxshiligi bo‘lmagan bir ayolga uylanishiga dalildir. Agar uyda qirg‘ovulni ko‘rsa, chiroyli bir ayolni nikohiga olishiga dalildir.


Kirmoniy (r.a.) aytadiki, uyida qirg‘ovul borligini va uning o‘lib qolganini ko‘rsa, xotini halok bo‘lishiga yoki xotinlar tufayli unga musibat yetishiga dalildir. Agar qirg‘ovulning uyidan uchib chiqib ketganini ko‘rsa, xotinini taloq qilishiga dalildir.

Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushdagi qirg‘ovul jamol hamda mol sohibi bo‘lgan ayoldir. Agar tushida qirg‘ovulni topib olganini yoki tutib olganini ko‘rsa, yuqorida aytib o‘tilgan sifatga ega bo‘lgan ayolga uylanishiga dalil bo‘ladi.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qirg‘ovul to‘rt narsani bildiradi: xotinni; harom molni; maishatni; maqsadga yetishish uchun intilishni.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda ko'rpa-to'shak ko'rsa nima bo'ladi

KO‘RPA-TO‘SHAK, O‘RIN (BISTAR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi o‘rin xotin bo‘ladi, o‘rinning yaxshiyomonligi xotinning yaxshi-yomonligiga taalluqlidir. Agar tushida o‘rnini almashtirsa, yoki bir o‘rindan ikkinchi o‘ringa o‘tsa, xotin...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladi

SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...

Tushda echki ko'rsa nima bo'ladi

ECHKI (BO‘Z) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda echki ulug‘ bir kishini bildiradi. Moda echki esa ayolni bildiradi. Agar notanish echkini o‘ldirganini ko‘rsa, ulug‘ bir kishining g‘alaba qazonishini anglatadi. Agar echkining po‘stini shilib...

Tushda qoraqarg'a ko'rsa nima bo'ladi

QORAQARG‘A (ZOG‘) Ibn Sirinning aytadiki, tushdagi qarg‘a fosiq, dini buzuq hamda ishlarda yolg‘on gapiruvchi kishiga dalildir. Tushida qarg‘ani tutib olganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, yuqorida aytilgan sifatli kchshi bilan uchrashuvi va...



Fikr qo'shish

Наверх