Tushda o'g'irlik qilmoq ko'rsa nima bo'ladi

O‘G‘IRLIK QILMOQ (DO‘ZDIY KARDAN) Tushida biror kishining molini o‘g‘irlaganini va xarj qilganini ko‘rsa, uni o‘ldirishlariga dalildir. Tushida o‘g‘irlashni niyat qilgani, biroq o‘g‘irlamaganini ko‘rsa, biror kishiga yoqimsiz biror narsa yetkazishiga dalildir. Ba’zilarning aytishicha, bemor bo‘ladi, biroq shifo topadi. Uyidan biror narsani o‘g‘irlab ketganlarini tush ko‘rsa, unga biror ofat va ranj yetishiga dalildir.


Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida o‘g‘ri qo‘liga asir tushganini ko‘rsa, holi yomon bo‘lishiga va g‘amu anduh yetishiga dalildir. Tushida o‘g‘rilar uning yo‘lini to‘sganlarini ko‘rsa, g‘amu anduh ko‘rishiga dalildir.

Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, har kim tushida molu matosini o‘g‘irlab ketganlarini ko‘rsa, tush sohibining hayoti og‘irlashishiga dalildir.
Ja’f ar Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi o‘g‘ri bemorlikdir.

Ta’birchilarning aytishlaricha, o‘g‘irlik qilingan yerda kuyovlik bo‘ladi yoki o‘g‘il tug‘iladi yoki tush sohibining g‘oyibda odami bo‘lsa, sog‘-salomat qaytib keladi.
Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi o‘g‘ri xiyonat va hiyladir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda o'lik orqasidan yurmoq ko'rsa nima bo'ladi

O‘LIK ORQASIDAN YURMOQ (AZ PASI MURDA SHUDAN) — Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘lik orqasidan yurganini ko‘rsa, agar o‘lik solih va porso bo‘lsa, uning yo‘lini tanlashi, agar fosiq bo‘lsa, uning yo‘li va fe’liga ega bo‘lishiga dalildir....

Tushda qon oldirmoq, qon bermoq, qon olmoq ko'rsa nima bo'ladi

QON OLDIRMOQ (RAG KUSHODAN) ~ Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushda qon oldirganini ko‘rsa, do‘stidan bir so‘z eshitishi yoki moli taroj bo‘lishiga dalildir. Tushida tomir ochtirganini va undan qon kelganini ko‘rsa, sultondan unga zahmat yetishini...

Tushda quduq ko'rsa nima bo'ladi

QUDUQ (CHOH) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi quduq ta’birda xotinni bildiradi. Agar tushida biror yerda quduq qaziyotganini ko‘rsa, xotin olishiga dalildir. Agar birovga quduq qazishda yordam berayotgan bo‘lsa, ayol bilan erkak orasida vositachi...

Tushda quyosh ko'rsa nima bo'ladi

QUYOSh (OFTOB) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, quyosh tushda podshoh yoki ulug‘ xalifa bo‘ladi. Quyoshning osmondan olayotganini ko‘rsa, podshohlik va ulug‘lik topadi yoki podshohning do‘sti yoki yaqiniga aylanadi. Agar quyoshga aylanib qolganini...

Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladi

QO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...



Fikr qo'shish

Наверх