Tushda o'rdak, o'rdak tuxumi ko'rsa nima bo'ladi

O‘RDAK (MURG‘OBIY) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda o‘rdakni ko‘rish boshqa qushlarga nisbatan yaxshirokdir. Tushida o‘rdagi borligini yoki birov unga berganini ko‘rsa, mol, ne’mati va ulug‘lik topishiga, maqsadiga yetshiga dalildir. Tushida uning qo‘lida ko‘pgina o‘rdaklar paydo bo‘lganini ko‘rsa, uning mikdoricha mol hosil qilishi va dushman ustidan zafar qazonishiga dalildir.

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi o‘rdak maishatni bildiradi. Agar tushida o‘rdakni tutib olganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, uning miqdoricha mol va ulug‘lik topishiga dalildir. O‘rdakning tushdagi suyagi ham molu ne’mat bo‘ladi.

Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘rdaklarning bir yerni joy qilganlarini ko‘rsa, o‘sha yerga musibat va g‘am yetishiga dalildir. Tushida o‘rdak bolasini tutib olganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, farzand tug‘ilishiga dalildir.


Ja’far Sodik (r.a.)ning aytishicha, tushdagi o‘rdak to‘rt narsani bildiradi: molnii; ulug‘likni; rayosatni; amalni, chunki o‘rdak xohlasa havoda, xohlasa suvda, xohlasa yerda bo‘ladi, shuning uchun tushda o‘rdakni ko‘rgan odam qanday maqsadi bo‘lsa, unga yetadi.

O‘RDAK (BAT) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi o‘rdak unga yetadigan molu ne’mat bo‘ladi, xususan o‘z uyida yoki o‘z mulkida ko‘rsa. Molu ne’mat esa o‘rdaklarning miqdoriga qarab hosil bo‘ladi. Agar ko‘pgina o‘rdaklarning o‘z saroyida yoki ko‘chasida jam bo‘lganini va qichqirganlarini ko‘rsa, shu mavzega musibat yetishiga dalil bo‘ladi. Agar o‘rdaklar bilan gaplashayotganini ko‘rsa, bir boy xotin tufayli safarga chiqishi va bu safarda qurmat va manfaat topishini bildiradi.

Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushdagi o‘rdak ahli baytdan bo‘lgan bir ulug‘ kishiga yo molga yoki a’yonlarga dalildir. Agar o‘rdakning badanidan bir qismiga ega bo‘lsa, yuqorida aytilgan sifatdagi kishidan biror narsa topadi.

Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi oq o‘rdak yo mol bo‘ladi yoki boyvachcha xotin. Tushdagi qora o‘rdak esa kanizak bo‘ladi.
Agar o‘rdakni so‘ysa va go‘pggidan yeganini ko‘rsa, xotindan mol, meros topishini va undan sarfu harajat qilishini bildiradi.

O‘RDAK TUXUMI (XOYAYI MURG‘OBIY) Tushida o‘rdakning tuxumi to‘rt narsani bildiradi: maqsadga yetishishni; xotin olishni; kanizak sotib olishni; bolalar tug‘ilishini.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda o'likning tirilishi ko'rsa nima bo'ladi

O‘LIKNING TIRILISHI (MURDA ZINDA SHUDAN) Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘likning tirilganini ko‘rsa, ahvoli yaxshi bo‘lishini bildiradi, xususan, u ochiq yuzli bo‘lsa....

Tushda qoplon ko'rsa nima bo'ladi

QOPLON (YUZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qoplon dushmandir. Tushida qoplon bilan jang qilganini va uni yengganini ko‘rsa, dushman ustidan g‘alaba qilishiga dalildir....

Tushda quduq ko'rsa nima bo'ladi

QUDUQ (CHOH) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi quduq ta’birda xotinni bildiradi. Agar tushida biror yerda quduq qaziyotganini ko‘rsa, xotin olishiga dalildir. Agar birovga quduq qazishda yordam berayotgan bo‘lsa, ayol bilan erkak orasida vositachi...

Tushda quyosh ko'rsa nima bo'ladi

QUYOSh (OFTOB) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, quyosh tushda podshoh yoki ulug‘ xalifa bo‘ladi. Quyoshning osmondan olayotganini ko‘rsa, podshohlik va ulug‘lik topadi yoki podshohning do‘sti yoki yaqiniga aylanadi. Agar quyoshga aylanib qolganini...

Tushda qo'y ko'rsa nima bo'ladi

QO‘Y (GO‘SPAND) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qo‘y harbiy o‘ljani bildiradi. Tushida qo‘ylarni o‘tlatib yurganini ko‘rsa, bir guruh ustidan ulug‘lik va rahbarlik topishiga dalildir. Qo‘ylarning ba’zisi oq, ba’zisi qora ekanini ko‘rsa,...



Fikr qo'shish

Наверх