Tushda chopon ko'rsa nima bo'ladi

CHOPON (XIL’AT) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi chopon toza va yaxshi bo‘lsa, izzat va martaba topishga, riyosat va mamlakatga, xotin va kanizakka dalildir. Ta’bir xukmi chopon beruvchining qadri qimmatiga bag‘likdir.

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida podshohning chopon berganini ko‘rsa, o‘sha podshohdan choponning qiymatiga muvofiq mol topadi. Tushida birorta olimning o‘ziga chopon berganini ko‘rsa, o‘sha olimdan ilmu donish olishiga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushida chopon berganlarini va u chopon oq yoki yashil ekanini ko‘rsa, diniy izzat va obro‘ topishini bildiradi. Tushda berilgan kiyim debo yoki ipakdan bo‘lsa, din va dunyo izzati hamda obro‘yi bo‘ladi.


Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, agar tushida ayollarning choponini kiyganini ko‘rsa, malomat yetishiga sabab bo‘ladi. Agar tushida o‘sha chopon ustida birov bilan jimo’ qilganini ko‘rsa, jimo’ qilgan kishi orqali hojati chiqishiga dalildir.

Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, tushida qizil chopon kiyganini ko‘rsa, dindorlik, omonat va taqvoga dalildir. Agar qora chopon kiyganini ko‘rsa, agar aslida olim bo‘lsa, rohat va manfaatga dalildir. Agar olim bo‘lmasa, ta’biri yaxshi bo‘lmaydi. Agar sariq chopon kiyganini yoki yelkasiga tashlab olganini ko‘rsa, musibat, g‘am va anduhga dalil bo‘ladi.

An-nobulsiy: Tushda ko’rilgan chopon dunyo va oxirat yaxshiliklariga dalolatdir. To’nlarning afzali yo’l-yo’l chopon bo’lib, tavilda u jun matodan ko’ra kuchliroqdir. Ipakdan bo’lgan chopon harom moldir. Agar paxtadan bo’lsa, diniy va dunyoviy moldir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda namoz ko'rsa nima bo'ladi

NAMOZ (NAMOZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida namoz o‘qiyotgani va yuzi sharq tomonga qaraganini ko‘rsa, Hajga borishiga dalildir. Agar Haj mavsumi bo‘lmasa, mayli tarsolar tomondan ekanini bildiradi. Agar g‘arb tomonga qarab namoz...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda podshoh ko'rsa nima bo'ladi

PODSHOH. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, o‘n ikki narsa bordirki, bu o‘n ikki narsani tushida ko‘rsa, podshohlikka dalil bo‘ladi: payg‘ambar alayhissalom uni imom qilganini; ikkinchi — shar’iat ilmlarini o‘rganayotganini; uchinchi — payg‘ambar...

Tushda tuya, tuya bolasi ko'rsa nima bo'ladi

TUYA (UShTUR) Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Agar kishi o‘zini shitob bilan yurib ketayotgan notanish tuya ustida ko‘rsa, safarga borishiga dalildir. Agar tuya ustida o‘tirganini va yo‘lini yo‘qotib qo‘yganini ko‘rsa, o‘zi uchun kerakli yo‘lning qayerda...



Fikr qo'shish

Наверх