Tushda chorsi, qiyiq ko'rsa nima bo'ladi

CHORSI, QIYIQ (MANDIL) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi chorsi xizmatkor xodim bo‘ladi. Unda kuzatilgan har qanday ziyodalik yoki nuqson xodimga taalluqlidir. Tushida yangi chorsini borligini yoki birov unga berganini ko‘rsa, unda xodim paydo bo‘lishiga dalildir. Agar chorsi yashil yoki oq bo‘lsa, xodimi diyonatli bo‘lishiga dalildir. Agar chorsi qizil bo‘lsa, xodimi ishratparast va qaysar bo‘lishiga dalildir. Agar chorsi sariq bo‘lsa, xodimi bemor bo‘lishiga, balki aslida kasalmand bo‘lishiga dalildir.


Agar ko‘k bo‘lsa, xodimi musibatli va g‘amgin bo‘lishiga, katta bo‘lsa, xodimi zohid bo‘lishiga dalildir. Agar chorsisi yungdan yoki paxtadan ekanini ko‘rsa, xodimi omonatkor va dindor bo‘lishiga dalildir. Agar zig‘ir matodan bo‘lsa, yaxshi bo‘ladi. Agar xom pilla yoki ipakdan bo‘lsa, xodimi bevafo va takabbur bo‘lishini bildiradi. Agar chorsi eski, kir va titilgan bo‘lsa, o‘sha xodimdan yaxshilik kurishiga dalildir. Agar chorsisi yo‘qolib qolganini ko‘rsa, xodim undan judo bo‘lishini bildiradi. Agar chorsisi yonib ketsa, xodimining o‘lishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda egar ko'rsa nima bo'ladi

EGAR (POLON) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi egar xotinni bildiradi. Agar egarga ega bo‘lganini yoki biror kimsadan pulga sotib olganini ko‘rsa, xotin olishi yoki kanizak sotib olishini bildiradi. Agar orqasida egar borligini ko‘rsa,...

Tushda eshak ko'rsa nima bo'ladi

ESHAK (XAR) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushda eshakni ko‘rmoq baxt va ulug‘lik bo‘ladi. Eshakdagi yaxshilik va yomonlik tush ko‘ruvchiga qaytuvchidir. Agar tushida eshak o‘z mulki bo‘lganini yoki uyga kirib kelganini, eshakni ushlab, bog‘lab...

Tushda yuz (odam yuzi) ko'rsa nima bo'ladi

YUZ (RO‘Y) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, har kim tushida o‘z yuzini asliga qaraganda chiroyliroq holda ko‘rsa, uning sharafi va e’tibori ziyoda bo‘lishini bildiradi. Yuzini noxush va xunuk holda ko‘rsa, obro‘yi kam bo‘lishiga dalildir. Tushida yuzini...

Tushda o'likning tirilishi ko'rsa nima bo'ladi

O‘LIKNING TIRILISHI (MURDA ZINDA SHUDAN) Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘likning tirilganini ko‘rsa, ahvoli yaxshi bo‘lishini bildiradi, xususan, u ochiq yuzli bo‘lsa....

Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladi

QO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...



Fikr qo'shish

Наверх