Tushda fo'ta ko'rsa nima bo'ladi

FO‘TA (FO‘TA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi fo‘ta va fo‘ta-libos shodlik va osonchilikni bildiradi. Agar tushida fo‘tani paxtadan ekanini ko‘rsa, diniy va dunyoviy rohatiga dalildir. Xususan, yangi va keng bo‘lsa, shundaydir. Agar fo‘ta eski va titilgan bo‘lsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.


Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi fo‘ta yaxshi kishilarning libosidir. Agar tushida fo‘ta-libos kiyganini ko‘rsa, tush ko‘ruvchi pokdoman odam bo‘lsa, sirlarining yashirin bo‘lishiga dalildir. Agar tush ko‘ruvchi yaramas bo‘lsa, tavba qilishi va to‘g‘ri yo‘lni izlashiga dalildir.

Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, agar podshoh fo‘ta-libosni ko‘rsa, adlu insof qilishiga dalildir. Bu tushni qozi ko‘rsa, hukmni to‘g‘ri chiqarishiga dalildir. Bu tushni mushrik ko‘rsa, musulmon bo‘lishiga, fosiq ko‘rsa, tavba qilishiga, o‘g‘ri ko‘rsa, tavba qilib, to‘g‘ri yo‘lni qidirishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda burd (libos) ko'rsa nima bo'ladi

BURD Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, liboslarning eng yaxshisi burddir. Agar tushida burdning paxtadan ekanini ko‘rsa, ranggi yashil yoki oq bo‘lsa yoki burddan yangi libos kiyganini ko‘rsa, ne’mati farovon bo‘lishiga dalildir, ayniqsa, libosning...

Tushda ko'ylak ko'rsa nima bo'ladi

KUYLAK (PIROHAN) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi oq ko‘ylak din bo‘ladi. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, ko‘ylak — ayol bo‘ladi, yana kasbu maishatdagi ahvolni bildiradi. Agar yangi va keng ko‘ylak kiyganini ko‘rsa ishlarining yaxshi...

Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda podshoh ko'rsa nima bo'ladi

PODSHOH. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, o‘n ikki narsa bordirki, bu o‘n ikki narsani tushida ko‘rsa, podshohlikka dalil bo‘ladi: payg‘ambar alayhissalom uni imom qilganini; ikkinchi — shar’iat ilmlarini o‘rganayotganini; uchinchi — payg‘ambar...



Fikr qo'shish

Наверх