Tushda ko'ylak ko'rsa nima bo'ladi

KUYLAK (PIROHAN) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi oq ko‘ylak din bo‘ladi. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, ko‘ylak — ayol bo‘ladi, yana kasbu maishatdagi ahvolni bildiradi. Agar yangi va keng ko‘ylak kiyganini ko‘rsa ishlarining yaxshi bo‘lishini va ahvolining yaxshilanishini bildiradi. Agar ko‘ylagining bir parchasi yirtilib ketganini ko‘rsa ta’biri yomonlik va yaxshilikda o‘rtacha bo‘lishiga dalildir. Agar ko‘ylagining eski va kir bo‘lganligini ko‘rsa xorlik va bechoralik va ranju g‘am yetishiga dalildir, ko‘ylak qanchalik eski va yirtiq bo‘lsa balo va musibat shunchali ko‘p bo‘lib, tush sohibining halok bo‘lishini bildiradi. Agar podshoh unga o‘z ko‘ylagini berganini ko‘rsa, podshohlikni undan olinishiga dalildir.

Kirmoniy (r.a.) aytadiki, har kim tushida yangi ko‘ylak kiyganini ko‘rsa, zohiran yaxshi, botinan yomon bo‘lishini bildiradi. Agar ko‘ylagi va ipggoni, umuman barchasi, kir va eski ekanini ko‘rsa, boy bo‘lsa kambag‘al bo‘lishi, g‘amu anduhga giriftor bo‘lishini bildiradi.


Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, har kim tushda yangi va keng ko‘ylak kiyganini ko‘rsa, maishati keng bo‘lishini, ko‘ylagi tor bo‘lsa maishati tor bo‘lishini bildiradi. Agar ko‘ylagi yirtilganini ko‘rsa, siri fosh bo‘lishiga dalildir. Agar yoqasiz va yengsiz ko‘ylak kiyganini ko‘rsa, ajali yaqin qolganini bildiradi. Agar uzun ko‘ylak kiyganini ko‘rsa, ishlari yomon bo‘lishi, lekin murodiga yetishishini bildiradi. Agar yoqasiz orqa tomondan yirtilganini ko‘rsa, unga yolg‘on tuhmat qilishlariga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Bordiyu ko‘ylagi orqa (tomon)dan yirtilgan bo‘lsa, u (Zulayxo) yolg‘on so‘zlagan, u esa rostgo‘ylardandir (Yusuf surasi, 27-oyat).

Agar birovga ko‘ylak berganini ko‘rsa, g‘amdan qutulishi va biror yerdan xushxabar yetishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Sizlar mana bu ko‘ylagimni olib borib, otamning yuziga tashlangiz, shunda uning ko‘zlari sog‘ayur. . . (Yusuf surasi, 93-oyat).

Agar qo‘lida qonga bo‘yalgan ko‘ylak borligini ko‘rsa, uzoq yillar g‘am va qayg‘uda qolishini bildiradi. Agar yirtilgan ko‘ylak kiyganini ko‘rsa, ishlari parokanda va sirlari oshkor bo‘lishini bildiradi.

Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi ko‘ylak yangi va keng bo‘lsa, olti narsaga dalil bo‘ladi: odamlar bilan muloqot qilishga; yashirin holatga; yoqimli hayot kechirishga; rahbarlikka; shodu xurramlikka va xushxabarga.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda libos ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladi

SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...

Tushda eshak ko'rsa nima bo'ladi

ESHAK (XAR) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushda eshakni ko‘rmoq baxt va ulug‘lik bo‘ladi. Eshakdagi yaxshilik va yomonlik tush ko‘ruvchiga qaytuvchidir. Agar tushida eshak o‘z mulki bo‘lganini yoki uyga kirib kelganini, eshakni ushlab, bog‘lab...



Fikr qo'shish

Наверх