Tushda so'lak, tupurgi ko'rsa nima bo'ladi

SO‘LAK, TUPUK (XIV) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushida tupurganini ko‘rsa, o‘ziga halol bo‘lmagan bir so‘z aytishiga dalildir. Tushida masjid ichiga tupurganini ko‘rsa, din haqida so‘z aytishini bildiradi. Shuningdek, tushida qay joyga tupurganini ko‘rsa, o‘sha joy ahli haqida so‘z aytishini bildiradi. Tushida devorga so‘lak tashlaganini ko‘rsa, Xudoyi ta’olo rizoligi bo‘lmagan ish uchun mol sarflashini bildiradi. Tushida yerga tupurganini ko‘rsa, o‘z halokatiga dalildir, agar daraxtga tupurganini ko‘rsa, axdini buzushini va yolg‘on qasam ichishini bildiradi.


Kirmoniy (r.a.) aytadiki, issiq tupurgi umr uzoqligiga, sovuq tupurgi esa o‘limga dalildir. Tushdagi qora so‘lak g‘amu anduhga, sarig‘i kasallikka dalildir. So‘lak libosni bulg‘amagan holda og‘izdan chiqayotganini tushida ko‘rsa, yolg‘on va botil ilm haqida gapirishini bildiradi. Tushida tomog‘idan balg‘am chiqarganini va uni yengiga olganini ko‘rsa, oilaga mol xarj qilishini bildiradi.

Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushida kimdir uning yuziga qonli so‘lak tashlaganini ko‘rsa, uning ahli oilasi haqida ta’na so‘zlarini aytishlariga dalildir. Tushida so‘lagi qon bilan omixta ekanini ko‘rsa, harom yeyishi, yolg‘on so‘zlashi va va’dasiga vafo qilmasligini bildiradi.

An-nobulsiy: U tushda insonning quvvatiga dalolat qiladi. Shuningdek u, kishining moli va qudratidir. Bir kishi devorga tuflasa, molini urush yo’lida infoq iladi yoki yer sotib oladi. Daraxtga tuflasa qasamini buzadi. Insonga tuflasa, o’ngida unga tuxmat qiladi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda libos ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda balg'am ko'rsa nima bo'ladi

BALG‘AM KO‘RISH (BALG‘AM DIDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi balg‘am yaxshilik yo‘lida sarf qilinadigan nafaqa molni bildiradi. Agar kishi tushida odamlar guruhi oldida balg‘am tashlaganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Agar pokiza...

Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda masjid ko'rsa nima bo'ladi

MASJID (MASJID) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi masjid odamlar huzuriga ko‘p keladigan olim kishidir. Haq ta’olo Qur’oni Karimda aytadi: Ular o‘z diyorlaridan faqatgina Rabbimiz Allohdir, deganlari uchun quvilgan edilar. Agar Alloh...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...



Fikr qo'shish

Наверх