Tushda masjid ko'rsa nima bo'ladi

MASJID (MASJID) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi masjid odamlar huzuriga ko‘p keladigan olim kishidir. Haq ta’olo Qur’oni Karimda aytadi: Ular o‘z diyorlaridan faqatgina Rabbimiz Allohdir, deganlari uchun quvilgan edilar. Agar Alloh odamlarning ba’zilarini ba’zilari bilan daf etib turmas ekan, albatta, Alloh nomi ko‘p zikr qilinadigan (rohiblarda) uzlatgohlar, (nasroniylarda) but-xonalar, (yahudiylarda) ibodatxonalar va (musulmonlarda) mas-jidlar vayron qilingan bo‘lur edi. . . (Haj surasi, 40-oyat).

Agar tushida masjid qurganini ko‘rsa, musulmonlar uchun yaxshilik va ezgulik qilishi, bundan esa unga ajru savob yetishiga yoki birorta qavmni o‘z ishi uchun jalb qilishiga yoxud birorta qavmni din va shari’atda tutib turishiga dalildir.

Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushda masjid bino qilish xotin olishga dalildir. Tushida masjid qursa va uning qurilishini to‘liq tugatsa, halol xotin olishiga va bu xotinning dindor va porso bo‘lishiga dalildir. Agar masjid chirog‘ini o‘chirganini ko‘rsa, bolasi o‘lishiga dalildir. Tushida Jomi’ masjidida o‘tirganini, atrofida esa ko‘katlar o‘sib turganini ko‘rsa, unda mavjud bo‘lmagan narsa haqida gumon qilishlariga dalildir. Tushida kimdir uni masjid eshigidan qaytarganini ko‘rsa, o‘sha kishi bunga sitam qilishiga dalildir. Tushida masjidda namoz o‘qiganini, biroq yuzi qiblaga emasligini ko‘rsa, ta’biri yomon bo‘ladi. Agar masjidda qo‘l va yuzini yuvganini ko‘rsa, o‘z molini masjidga sarf qilishini va murodi hosil bo‘lishini bildiradi. Tushida masjidning vayron bo‘lganini ko‘rsa, birorta olimning o‘lishiga dalil bo‘ladi.


Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, tushda masjid qurishadaiguv ichidagi odamlarni qaytadan to‘g‘ri yo‘lga solishni, dushmanlarni g‘iybat qilishni bildiradi. Agar tushida o‘z mulki bo‘lgan bir yer masjid bo‘lganini ko‘rsa, dinda sharaf va ulug‘ topishiga va xalqni da’vat qilishiga dalildir. Tushida bir qavm bilan masjidga ketayotganini ko‘rsa, janjalkash ayolga uylanishini bildiradi. Tushida masjid ichida chiroq yoqqanini ko‘rsa, solih farzand tug‘ilishiga dalildir. Tushida Makka yoki Madinadagi masjid ichiga kirganini ko‘rsa, birga qo‘rquvdan emin bo‘lishiga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda masjid ko‘rish o‘n ikki narsaga dalil bo‘ladi: podshohga; qoriga; olimga; raisga; imomga; xatibga; muazzinga; masjidga; amirga; xayru barakatga; xotin olishga; yaxshilik qilishga.

Agar tushida jum’a masjidiga oro berayotganini ko‘rsa, odamlar undan xayru barakat topishiga dalildir. Tushida masjidni qurayotganini ko‘rsa, din va iymoning durust ekaniga dalildir.

Tushida masjidga kirganini ko‘rsa, xavfdan emin bo‘lishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Unga (Ka’baga) kirgan kishi omonda bo‘lur (Oli Imron surasi, 97-oyat).



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda namoz ko'rsa nima bo'ladi

NAMOZ (NAMOZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida namoz o‘qiyotgani va yuzi sharq tomonga qaraganini ko‘rsa, Hajga borishiga dalildir. Agar Haj mavsumi bo‘lmasa, mayli tarsolar tomondan ekanini bildiradi. Agar g‘arb tomonga qarab namoz...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda osmon ko'rsa nima bo'ladi

OSMON Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, kimki o‘zini birinchi osmonda ko‘rsa, ajali yaqinlashib qolganiga dalil bo‘ladi. O‘zini ikkinchi osmonda ko‘rsa, ilmu donish hosil bo‘lishiga dalildir. Agar uchinchi osmonda ko‘rsa, bu dunyoning izzat va...

Tushda son ko'rsa nima bo'ladi

SON (ADAD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida diram, dinor yoki libos yoxud boshqa narsalardan bitta berganini ko‘rsa, yaxshilik ko‘rishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar...

Tushda Qur'on o'qish ko'rsa nima bo'ladi

QUR’ON O‘QISH (QUR’ON XONDAN) Tushda Qur’on o‘qish hokimga dalildir. Agar tushda rahmat oyatini o‘qiganini ko‘rsa, Qaq ta’olodan bashorat bo‘lib, tush ko‘ruvchi yaxshiliklar qilishi va Haq ta’olo shukrini joyiga qo‘yishi kerak. Agar tushida azob...



Fikr qo'shish

Наверх