FIL Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, ta’birchilar aytadilarki, kunduz bilan tunda ko‘rilgan tushlarning orasida hech bir farq yo‘q, biroq filni ko‘rishda farq bor. Agar biror kishi tushda fil ustida o‘tirganini ko‘rsa, nobakor bir ayolga uylanishini bildiradi. Agar bu tushni kunduzi ko‘rsa, xotinini taloq qilishiga yoki kanizagini sotib yuborishiga dalildir. Agar filni o‘ldirganini ko‘rsa, podshoh uning qo‘lida o‘ladi yoki mahkam berkitilgan qal’ani ochishiga dalildir. Agar fil uning boshiga oyog‘ini qo‘yib, o‘ldirganini ko‘rsa, halokatga yaqin qolishi va ahvoli yomon bo‘lishini bildiradi. Agar filning boshiga o‘tirganini va bu fil boshqa odamniki ekanini ko‘rsa, bir podshohning xizmatidan ikkinchi podshohning xizmatiga o‘tishiga dalildir.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda podshoh ko'rsa nima bo'ladiPODSHOH. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, o‘n ikki narsa bordirki, bu o‘n ikki narsani tushida ko‘rsa, podshohlikka dalil bo‘ladi: payg‘ambar alayhissalom uni imom qilganini; ikkinchi — shar’iat ilmlarini o‘rganayotganini; uchinchi — payg‘ambar...
Tushda sigir va buqa ko'rsa nima bo'ladiSIGIR VA BUQA (GOV) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushida molning ustida o‘tirganini va mol o‘ziniki ekanini ko‘rsa podshohdan amalga ega bo‘lishi va xususan, mol qora bo‘lsa, undan ko‘p foyda ko‘rishiga dalildir. Agar sariq buqani ko‘rsa, bemorlikka...
Tushda tuya, tuya bolasi ko'rsa nima bo'ladiTUYA (UShTUR) Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Agar kishi o‘zini shitob bilan yurib ketayotgan notanish tuya ustida ko‘rsa, safarga borishiga dalildir. Agar tuya ustida o‘tirganini va yo‘lini yo‘qotib qo‘yganini ko‘rsa, o‘zi uchun kerakli yo‘lning qayerda...
Tushda eshak ko'rsa nima bo'ladiESHAK (XAR) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushda eshakni ko‘rmoq baxt va ulug‘lik bo‘ladi. Eshakdagi yaxshilik va yomonlik tush ko‘ruvchiga qaytuvchidir. Agar tushida eshak o‘z mulki bo‘lganini yoki uyga kirib kelganini, eshakni ushlab, bog‘lab...
Tushda quyosh ko'rsa nima bo'ladiQUYOSh (OFTOB) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, quyosh tushda podshoh yoki ulug‘ xalifa bo‘ladi. Quyoshning osmondan olayotganini ko‘rsa, podshohlik va ulug‘lik topadi yoki podshohning do‘sti yoki yaqiniga aylanadi. Agar quyoshga aylanib qolganini...