Tushda qog'oz ko'rsa nima bo'ladi

QOG‘OZ (KOG‘AZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qog‘oz boylik va ulug‘lik bo‘ladi. Agar tushida oq va toza qog‘ozi borligini ko‘rsa, uning miqdoricha boylik va ulug‘lik topishiga dalildir. Agar qog‘oziga suvdan zarar yetganini yoki kuyganini ko‘rsa, uning miqdoricha boyligi va ulug‘ligiga nuqson yetishiga dalildir.


Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, agar tush sohibi toza odam bo‘lsa, tushdagi qog‘oz ilm va donish bo‘ladi. Agar tushida ko‘p qog‘ozi borligini ko‘rsa, ilm va fazilatda shuhrat topishiga dalildir. Agar tush sohibi yaramas va besavod odam bo‘lsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qog‘oz to‘rt narsani bildiradi: ayolni; ulug‘likni; davlatni; makru hiylani.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda quduq ko'rsa nima bo'ladi

QUDUQ (CHOH) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi quduq ta’birda xotinni bildiradi. Agar tushida biror yerda quduq qaziyotganini ko‘rsa, xotin olishiga dalildir. Agar birovga quduq qazishda yordam berayotgan bo‘lsa, ayol bilan erkak orasida vositachi...

Tushda quyosh ko'rsa nima bo'ladi

QUYOSh (OFTOB) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, quyosh tushda podshoh yoki ulug‘ xalifa bo‘ladi. Quyoshning osmondan olayotganini ko‘rsa, podshohlik va ulug‘lik topadi yoki podshohning do‘sti yoki yaqiniga aylanadi. Agar quyoshga aylanib qolganini...

Tushda qurol ko'rsa nima bo'ladi

QUROL (SILOH) — Bilginki, siloh arab tilida jang qurolidir va u quvvat, ulug‘lik va davlatga dalildir. Agar qurollanganini va qurollilar guruhi ichida begona ekanini ko‘rsa, ayollar guruhi unga ta’na toshlarini otishlariga dalildir, biroq unga zarar...

Tushda qo'y ko'rsa nima bo'ladi

QO‘Y (GO‘SPAND) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qo‘y harbiy o‘ljani bildiradi. Tushida qo‘ylarni o‘tlatib yurganini ko‘rsa, bir guruh ustidan ulug‘lik va rahbarlik topishiga dalildir. Qo‘ylarning ba’zisi oq, ba’zisi qora ekanini ko‘rsa,...

Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladi

QO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...



Fikr qo'shish

Наверх